Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston aviatsiyasida yangi bosqich: milliy havo hududi endi UZ kodi bilan taniladi
22:02 / 2025-10-02

2025 yil 2-oktabrdan boshlab O‘zbekiston aeronavigatsiya tizimida muhim o‘zgarishlar kuchga kirdi. Endilikda mamlakat havo hududi xalqaro miqyosda UZ kodi bilan tanilib, butun respublika bo‘ylab yagona standartlar joriy etildi.

Xususan:

- absolyut o‘tish balandligi 13 000 fut etib belgilandi;

- o‘tish esheloni esa FL150 darajasida yagona tartibda qo‘llanilmoqda.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ushbu qadamlar O‘zbekiston havo hududini jahon aviatsiyasi xaritasida yanada aniq va belgili ko‘rsatibgina qolmay, balki parvozlarning xavfsizligi, samaradorligi hamda ekologik tozaligini ham ta’minlaydi.

Hamroz Bayanov,O‘zA