O‘zbekiston tashqi savdo tizimida so‘nggi yillarda kuzatilayotgan o‘sish dinamikasi joriy yilda ham davom etmoqda. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat eksporti nafaqat hajm, balki geografiya jihatidan ham kengayib, asosiy hamkor davlatlar bilan savdo aloqalari barqarorlashib bormoqda. 2025 yilning yanvar–oktyabr oylari bo‘yicha qayd etilgan ko‘rsatkichlar O‘zbekiston mahsulotlariga tashqi bozorlardagi talab oshganini namoyon etdi.
Joriy yilning yanvar–oktyabr oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 29 milliard AQSH dollarini tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 27,8 foizga yuqori.
Statistik ma’lumotlar mamlakat tashqi savdosida eksport ulushi barqaror o‘sish tendensiyasini namoyon etayotganini ko‘rsatadi. Ushbu davrda O‘zbekiston tovar va xizmatlari uchun asosiy bozor sifatida qator yirik hamkorlar ishtirok etgan.
Eksportda yuqori ulushga ega bo‘lgan TOP-10 davlatlar (AQSH dollarida):
Rossiya — 3,6 milliard dollar,
Xitoy — 1,6 milliard dollar
Qozog‘iston — 1,2 milliard dollar
Afg‘oniston — 1,2 milliard dollar
Turkiya — 942,4 million dollar
Fransiya — 774,3 million dollar
BAA — 610,8 million dollar
Qirg‘iziston — 491,5 million dollar
Tojikiston — 470,9 million dollar
Pokiston — 319,7 million dollar.
Tahlillarga ko‘ra, Rossiya O‘zbekiston eksportida eng yirik ulushga ega davlat sifatida qolmoqda. Shuningdek, Xitoy va Qozog‘iston kabi qo‘shni va strategik hamkor mamlakatlar ham yuqori pozitsiyani saqlab turibdi.
Eksport hajmining o‘sishi mamlakat mahsulotlariga talabni kuchaytirgani va tashqi bozorlarda raqobatbardoshlik yanada oshganini ko‘rsatadi.
Hamroz Bayanov,
O‘zA