Poytaxtimizda arxiv tizimi tashkil topganining 106 yilligi munosabati bilan “O‘zbekiston arxiv xizmati: 106 yillik tarix va yangi davr vazifalari” mavzuidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda bugungi kundagi arxiv ishini rivojlantirishning dolzarb muammolari, arxiv sohasida qo‘llanilayotgan yangi raqamli texnologiyalarni tatbiq etish, idoraviy arxivlar bilan hamkorlikni mustahkamlash, turli mamlakatlar tajribalarini arxivlarga tatbiq etish masalalari ko‘rib chiqildi.
[gallery-25976]
Mamlakatda arxiv ishini tashkil etishda tub o‘zgarishlar amalga oshirildi.
Jumladan, sobiq davlat idoralari arxivlarini idoraviy arxiv sifatida tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Ilmiy, tarixiy, madaniy va ma’rifiy ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatlar davlat mulki deb e’lon qilindi.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Milliy arxiv fondi hujjatlarini jamlash, saqlash, hisobini olib borish va ulardan foydalanish borasida muhim vazifalarni bajarib kelmoqda.
Ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etish uchun oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy markazlar, muzeylar, davlat va idoraviy arxivlar xodimlari, yosh olimlar, doktorantlar va mustaqil tadqiqotchilar taklif etildi.
Konferensiya doirasida “O‘zbekiston arxiv xizmati tarixi” mavzusidagi ko‘rgazma tashkil etildi.
Mazkur tarixiy tadbir o‘zbek arxivchiligi va ilmiy jamoatchiligi uchun muhim voqea bo‘ldi.
Gulnoza Boboyeva,
Asliddin Alijonov (surat),
O‘zA