Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston arxiv tizimi xalqaro hamkorlikni kengaytirmoqda
13:42 / 2023-10-16

Birlashgan Arab Amirliklari axborot agentligi – “WAM” sahifasida “O‘zarxiv” agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov Abu Dabi shahrida “Xalqaro arxivlar kengashi Bosh assambleyasi-2023” (ICA CONGRESS)da ishtirok etgani haqida maqola e’lon qilindi.

Muallif o‘zbekistonlik mutaxassis mazkur nufuzli anjumanda “O‘zbekistonda arxiv hujjatlarini onlayn xizmat ko‘rsatish rejimiga o‘tkazish” mavzusida taqdimot o‘tkazganiga urg‘u bergan.

– Dunyoning turli mamlakatlaridagi qator madaniyat muassasalari va markazlari bilan hamkorlik qilish, tajriba almashish juda muhim, – deydi “Juma Al-Majid” nomidagi madaniyat va meros markazi bosh direktori, doktor Muhammad Komil. –Dubayda joylashgan, arab millatining ilmiy merosi hamda fan yutuqlarini jamlagan ushbu markaz olimlarni qo‘lyozma asarlar, adabiyotlar va nodir kitoblar bilan ta’minlaydi.

Tashrif davomida mamlakatimiz delegatsiyasi markazning madaniy merosni asrab-avaylashdagi ahamiyatini yuqori baholab, majmuaga esdalik sovg‘asi topshirdi.

Muharrama Pirmatova, O‘zA