Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – Armaniston: ta’lim va turizm sohasida qo‘shma dasturlar yo‘lga qo‘yiladi
10:47 / 2025-09-16

“O‘zbekiston – Armaniston” parlamentlararo do‘stlik guruhi a’zolarining onlayn uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda ikki mamlakat o‘rtasidagi parlamentlararo munosabatlarni mustahkamlash, qonun ijodkorligi faoliyatida o‘zaro tajriba almashish, hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilash kabi masalalar muhokama qilindi.

O‘zbekiston va Armaniston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar mustahkamlanib borayotgani ta’kidlanib, ular mustahkam tarixiy asoslarga ega ekanligi hamda o‘zaro hurmat va ishonch tamoyillari asosida rivojlanayotgani alohida qayd etildi.

Tomonlar savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik salohiyati yuqori ekanini ta’kidlab, parlamentlararo muloqot orqali bu yo‘nalishlarda qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish zarurligiga e’tibor qaratdi.

Ta’lim va turizm sohasida qo‘shma dasturlarni yo‘lga qo‘yish, universitetlar va ilmiy markazlar o‘rtasida akademik aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

N.Abduraimova, O‘zA