Malika Nura bint Abdurrahmon universitetida “Ar-Riyod xalqaro kitob ko‘rgazmasi-2025” ochildi. Adabiyot, nashriyot va tarjima komissiyasi tomonidan tashkil etilgan ikki haftalik mazkur tadbir 25 davlatdan 2000 ga yaqin nashriyotchini birlashtirgan.
Yarmarka nashriyotlar, yozuvchilar va madaniyat muassasalari uchun kitobxonlar va soha mutaxassislari bilan aloqa o‘rnatish maydonidir. Komissiya bosh direktori Abdullatif Al-Vasil ta’kidlashicha, anjuman “Nigoh-2030” dasturiga muvofiq, aholi xabardorligini oshirish va iqtisodiy o‘sishga yordam beradi.

Bu yil O‘zbekiston delegatsiyasi ko‘rgazmaga faxriy mehmon sifatida keldi. Mulozim yurtimizning “yuqori madaniy nufuzi, Podshohlik bilan mustahkam aloqalariga to‘xtalib, mazkur tadbir ham madaniy almashinuv rivojiga amaliy hissa qo‘shishini ta’kidladi.
Mamlakatimiz paviloni nodir qo‘lyozma, adabiy asar, spektakl va badiiy ishlardan iborat madaniy dastur bilan boyitilgan. Shuningdek, Teatr va sahna san’ati komissiyasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan qo‘shma tadbirlardan iborat ijodiy almashinuv jarayonini o‘z ichiga olgan.
M.Pirmatova, O‘zA