Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – AQSH: sun’iy intellekt imkoniyatlari kengaytiriladi
11:12 / 2024-10-08

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov va AQSH Savdo vazirining Yevropa va Yevroosiyo mintaqalari bo‘yicha o‘rinbosari Devid De Falko o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida sun’iy intellekt, iqtisodiy hamkorlik va raqamli iqtisodiyot sohasida kelgusidagi imkoniyatlar muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida vazir O‘zbekiston yoshlarining ingliz tilini bilish ko‘nikmalari oshib borayotgani va bu AQSH kompaniyalari uchun kadrlar tayyorlashda muhim omil ekanini qayd etdi.  

Shuningdek, vazir sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratish va texnologik startaplar uchun yangi loyihalarni tashkil qilish tashabbuslarini ilgari surdi.  

Devid De Falko esa AQSH kompaniyalarining raqamli iqtisodiyotdagi imkoniyatlarini oshirish uchun O‘zbekiston hukumati bilan birgalikda ishlashga tayyor ekanligini bildirdi. U kompaniyalar uchun innovatsiyalar va xavfsizlikni muvozanatli ravishda tartibga solish muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, O‘zbekistonni AQSH kompaniyalariga tanitish, raqamli xizmatlar va raqamli infratuzilmalarni ishlab chiqishda ular bilan birgalikda ishlash takliflarini bildirdi.  

Uchrashuvda tomonlar AQSH va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash, jumladan, O‘zbekistonda raqamli infratuzilmani rivojlantirish va raqamli iqtisodiyotda yangi imkoniyatlar yaratish maqsadida virtual davra suhbatlari va onlayn tadbirlar o‘tkazish taklifini ilgari surdi. Bu sessiyalar orqali O‘zbekiston o‘z raqamli texnologiya va infratuzilma imkoniyatlarini AQSH kompaniyalariga taqdim etishi,  mamlakatga investitsiya kiritishga jalb qilish imkoniyatiga ega bo‘lishi aytib o‘tildi.  

Uchrashuv davomida O‘zbekistonning yirik iqtisodiy imkoniyatlarini targ‘ib qilish, IT sohasidagi AQSH kompaniyalari bilan hamkorlik qilish, savdo va texnologik rivojlanish bo‘yicha qator tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha kelishib olindi.  

Nigora Rahmonova, O‘zA