Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston-AQSH: strategik sheriklikka yo‘l
20:41 / 2021-04-22

So‘nggi paytlarda O‘zbekiston-Amerika munosabatlari strategik sheriklikning yangi bosqichiga qadam qo‘ymoqda, bu esa yuqori darajadagi siyosiy o‘zaro ishonchga erishish va uni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, o‘zaro manfaatli bo‘lgan barcha sohalarda iqtisodiy hamkorlikni faollashtirishga bo‘lgan intilish bilan tavsiflanadi.

O‘zaro munosabatlarning bunday yuksalish trayektorSo‘nggi paytlarda O‘zbekiston-Amerika munosabatlari strategik sheriklikning yangi bosqichiga qadam qo‘ymoqda, bu esa yuqori darajadagi siyosiy o‘zaro ishonchga erishish va uni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, o‘zaro manfaatli bo‘lgan barcha sohalarda iqtisodiy hamkorlikni faollashtirishga bo‘lgan intilish bilan tavsiflanadi.iyasiga avvalo O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qisqa tarixiy davrda mamlakatning mintaqaviy va xalqaro maydondagi tashqi qiyofasini tubdan o‘zgartirgan konstruktiv, tashabbuskor va ko‘pvektorli tashqi siyosati tufayli erishildi.

Mamlakatimiz rahbarining shaxsan boshchiligida demokratik jarayonlarning kuchaytirilishga va milliy iqtisodiyotning yangi modelini yaratilishiga qaratilgan ochiqligi bilan ajralib turadigan keng ko‘lamli ichki islohotlari ham Qo‘shma Shtatlar tomonidan e’tirof etilmoqda.

Bu ijobiy o‘zgarishlar AQSH tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlanib, hozirgi bosqichda nafaqat ichki muammolarni hal etishda, balki mintaqaviy dolzarb muammolarni bartaraf etishda ham mamlakatimiz bilan yanada faol hamkorlik qilishga tayyorligini anglatadi.

Ekspertlarning fikriga ko‘ra, Oq uyda yangi ma’muriyat kelishi bilan AQSH O‘zbekiston bilan har tomonlama sheriklikni yanada chuqurlashtirishga sodiq qoladi. Shavkat Mirziyoyev prezidentligi davrida yangi davrga qadam qo‘ygan ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik darajasi AQSHning barcha ichki siyosiy kuchlari tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlanayotgani bu haqiqatni yana bir bor tasdiqlaydi.

Shu nuqtai nazardan qaraganda, AQSHning yangi ma’muriyati davrida Toshkent va Vashington o‘zaro ishonchga asoslangan munosabatlarni yanada mustahkamlash va hamkorlikning barcha sohalarida strategik sheriklikni yangi bosqichga olib chiqish borasidagi sa’y-harakatlarini jadallashtirishda davom etayotganligi kuzatilmoqda.

Ikki do‘st mamlakatning mustahkam shartnomalari asoslariga to‘xtaladigan bo‘lsak, O‘zbekiston Respublikasi bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasida 2002 yilda imzolangan strategik sheriklik to‘g‘risidagi Deklaratsiya munosabatlarga yangicha sur’at bag‘ishladi.

Shu bilan birga, 2020 yilning noyabr oyida O‘zbekiston – AQSH siyosiy maslahatlashuvlarining sakkizinchi raundi yakunida tomonlar yillik maslahatlashuvlarni Strategik hamkorlik muloqoti darajasiga ko‘tarish to‘g‘risidagi qarorini e’lon qilgan edilar.

Ushbu Muloqot doirasida, Amerika Qo‘shma Shtatlari va O‘zbekiston siyosiy, xavfsizlik, iqtisodiy hamda insoniy o‘lchamlar bo‘yicha yanada yaqinroq hamkorlik qilishni davom ettirishni ko‘zlaydi va birinchi strategik sheriklik muloqoti 2021 yilda Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, so‘nggi yillarda ikki tomonlama savdo aloqalarini, oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar, qishloq xo‘jaligi va energetika sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvlar qabul qilindi. O‘zbekistonning Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo‘lishi jarayonida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

Yuqorida qayd etilgan hujjatlar nafaqat O‘zbekiston-AQSH munosabatlaridagi poydevor bo‘lgan huquqiy asos, balki, shubhasiz, ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarda yangi tarixiy muhim davr boshlanishini belgilab berdi.

Tomonlar o‘rtasida siyosiy muloqot sezilarli darajada faollashdi. O‘zaro munosabatlarni rivojlantirishda yuqori darajadagi muntazam aloqalar katta ahamiyatga ega. Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Prezidenti etib saylanishi bilan ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar yangi mazmun bilan to‘ldirildi.

Muvaffaqiyatli hamkorlikka ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi samarali siyosiy muloqot ko‘maklashdi. Xorijiy ekspertlarning fikricha, Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil may oyida Vashingtonga rasmiy tashrifidan so‘ng AQSH va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar o‘zgacha tus oldi. Ushbu muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining «O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari: yangi strategik sheriklik davrining boshlanishi» deb nomlangan Qo‘shma bayonoti qabul qilingan edi.

Turli sohalardagi o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada mustahkamlashga qaratilgan hujjatlar to‘plami imzolandi. Tashrif davomida Shavkat Mirziyoyev Kapitoliyda Missisipi shtatidan kongressmen Trent Kelli rahbarligidagi Kongress a’zolari guruhi bilan samarali muzokaralar o‘tkazdi.

Aynan ushbu uchrashuvda «O‘zbekiston bo‘yicha Kokus (do‘stlik guruhi)»ni yaratish to‘g‘risida kelishuvga erishildi va Trent Kelli bu tuzilmaga rahbarlik qilishga hamda AQSH Kongressining Vakillar palatasi a’zolarini o‘z faoliyatiga jalb etishga tayyorligini bildirgan edi.

Bundan tashqari ikki mamlakat o‘rtasidagi parlamentlararo aloqalar bugungi kunda yangi bosqichga chiqdi. Parlament delegatsiyalarining tashriflar almashinuvi bu boradagi hamkorlikka mustahkam zamin yaratdi. 2017 yilning noyabr oyida Trent Kelli boshchiligidagi 8 nafar kongressmendan iborat delegatsiya Toshkentga tashrif buyurdi. Shu oyda AQSHga ham O‘zbekistondan senatorlar va deputatlar delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Alohida ta’kidlash joizki, AQSH va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar ham izchil rivojlanmoqda. So‘nggi yillarda O‘zbekiston bozorida Amerikaning yetakchi kompaniyalarining ishtirokini kengaytirish va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishildi. Yirik Amerika kompaniyalari 2017 yildan – O‘zbekistonda qator keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlar boshlanganidan buyon o‘zbek bozoriga katta qiziqish bildirmoqda. Jumladan «General Electric», «General Motors», «Hyatt», «John Deere», «Boeing», «Honeywell», «Exxon Mobil», «Coca-Cola», «Calatrava», «Silverleafe» va boshqa qator kompaniyalar allaqachon mamlakatimizda faoliyat yuritmoqda.

Tomonlar iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga va doimiy ravishda savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish uchun harakat qilmoqda. Qayd etish kerakki, 2019 yil oxirida O‘zbekistonning AQSH bilan savdo aylanmasi 596,1 million dollarni tashkil etib, 2018 yilga nisbatan 43% o‘sishga erishdi. Global koronavirus pandemiyasi va uning natijasida xalqaro chegaralar yopilishiga qaramasdan, O‘zbekistonning AQSH bilan savdo aylanmasi 2020 yilda 275,1 million dollarni (26,7 million dollar eksport va 248,3 million dollar importni) tashkil etdi. Shu bilan birga, tomonlar 2021 yilda ikki tomonlama savdo hajmining sezilarli darajada oshishini kutishmoqda.

Forbes ekspertlarining fikriga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda biznes-tashabbuslar uchun keng imkoniyatlar mavjud bo‘lib, rasmiy Toshkent va Vashington savdo-iqtisodiy hamkorlik ko‘lamini bir necha barobar oshirishga qodir.

Bundan tashqari, Qo‘shma Shtatlar O‘zbekiston hamda Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari bilan iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha hamkorlikni oshirishdan manfaatdor.

Joriy yilning yanvar oyida AQSH xalqaro taraqqiyot Moliya korporatsiyasi rahbari Adam Boler, USAID va Davlat departamenti vakillarining O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida 5 yil mobaynida kamida 1 milliard dollarlik mablag‘ bilan xususiy sektor o‘sishi va iqtisodiy aloqalarni qo‘llab-quvvatlovchi loyihalardan iborat Markaziy Osiyo investitsiya sherikligini yaratish bo‘yicha erishilgan kelishuvlar shundan dalolat beradi.

Tomonlar o‘rtasida «Inson o‘lchovi» deb ataladigan masalalar bo‘yicha konstruktiv muloqotlar doimiy asnoda o‘tkazilmoqda. Qo‘shma Shtatlar O‘zbekistonning inson huquqlarini isloh qilishi, majburiy mehnatga qarshi kurashish, diniy erkinlikni targ‘ib qilishi borasidagi salmoqli yutuqlarini e’tirof etmoqda.

Xususan, AQSH Davlat kotibining qarori bilan O‘zbekistonni diniy erkinliklar sohasida alohida tashvishga molik davlatlar ro‘yxatidan chiqarilishi Vashington siyosiy doiralari tomonidan yuqori baholandi.

Shu o‘rinda, AQSH senatori Rojer Uikerning baholari alohida e’tiborga loyiqdir: «Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekiston munosib maqtovga sazovor bo‘ldi, diniy mahbuslarni ozod qildi, ko‘plab diniy tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazdi va diniy idoralarga qarshi reydlar o‘tkazilishini taqiqladi».

Bundan tashqari, AQSH Mehnat vazirligi o‘zbek paxtasini bolalar mehnatidan noqonuniy foydalangan holda ishlab chiqariladigan tovarlar ro‘yxatidan chiqarib tashladi. AQSH Mehnat vazirligining ta’kidlashicha, ushbu yutuqga O‘zbekiston, Xalqaro Mehnat tashkiloti, Xalqaro nodavlat tashkilotlar va AQSH hukumatining qo‘shma sa’y-harakatlari tufayli erishilgan.

Qayd etish joizki, tomonlar o‘rtasida «Markaziy Osiyo – AQSH» («C5+1») formati doirasida muntazam muloqotlar olib borilmoqda. Qo‘shma Shtatlar O‘zbekistonning mintaqaviy iqtisodiy taraqqiyotda muhim o‘rin tutishini e’tirof etib, Prezident Shavkat Mirziyoyevning yangi strategik kursini yuqori baholaydi.

bugungi kunda mintaqa va AQSH o‘rtasidagi hamkorlikni oshirishning muhim platformasi «C5+1» Vazirlar muloqoti doirasidagi hamkorlik bo‘lib, uning so‘nggi uchrashuvi 2020 yilning fevral oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan.

AQSHning sobiq Davlat departamenti rahbari Mayk Pompeoning aytishicha, bu guruh faoliyati Markaziy Osiyo davlatlari sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirishda, jumladan, terrorizmga qarshi kurashda va mintaqaviy iqtisodiy hamda energetik aloqalarni kengaytirishda yanada samarali bo‘lmoqda. Bularning barchasiga Prezident Shavkat Mirziyoyevning mintaqada yaxshi qo‘shnichilik siyosati tufayli erishilmoqda.

AQSH Prezidenti Jo Bayden ham shunga o‘xshash bayonot berdi. Unga ko‘ra, yangi ma’muriyat strategik sheriklikni chuqurlashtirish va «C5+1» muloqot jarayonini davom ettirishdan manfaatdor.

Shu bilan birga, Qo‘shma Shtatlar mintaqa mamlakatlarining suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashini, shuningdek, barcha sohalarda ko‘p qirrali mintaqaviy hamkorlikni kengaytirishga qat’iy sodiqligini tasdiqlaydi.

Vashington Toshkent va Markaziy Osiyo davlatlarining yangi mintaqaviy yo‘nalishi samaradorligini yuqori baholagan holda AQSHning 2019-2025 yillarda Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha yangi strategiyasini ishlab chiqdi. Hujjatda ta’kidlanishicha, AQSHning Markaziy Osiyo bo‘yicha avvalgi strategiyasi 2015 yilda tasdiqlanganidan beri mintaqadagi yangi davlat rahbarlari islohotlari asosida rivojlanishi natijasida mintaqalararo hamkorlikning kuchayishi, Qo‘shma Shtatlarning faolligini oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratdi.

Ushbu hujjatning qabul qilinishi Qo‘shma Shtatlarning faol mintaqaviy hamkorlikni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini hamda tobora yaxshi qo‘shnichilik, tinchlik va hamkorlik makoniga aylanayotgan Markaziy Osiyoda yaratilgan yangi siyosiy muhitni yana bir bor namoyish etadi.

Alohida ta’kidlash joizki, O‘zbekiston va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasida konstruktiv muloqot yuritilishi natijasida, Afg‘onistonda tinchlik jarayonini kuchaytirish bo‘yicha aniq taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilmoqda. Afg‘onistonning mintaqaviy iqtisodiy integratsiyasini ta’minlash nuqtai nazaridan O‘zbekiston bilan o‘zaro aloqalarni kuchaytirishdan AQSH manfaatdordir. AQSH va O‘zbekiston terrorizmga qarshi kurashish va chegara xavfsizligini ta’minlash, Afg‘onistonga moliyaviy va texnik yordamni oshirish uchun birgalikda harakat qilmoqda.

Shuni inobatga olgan holda, Toshkent, Vashington va Kobul afg‘on iqtisodiyotini jonlantirishga yordam beradigan, shuningdek, mamlakatda tinchlik jarayonini targ‘ib qiladigan yangi uch tomonlama formatni yaratdi.

AQSHning yangi ma’muriyati uchun asosiy ustuvor yo‘nalishlar Afg‘onistondagi terrorchilik tahdidini kamaytirish, G‘arb koalitsiya qo‘shinlarining Afg‘onistondan olib chiqilishi fonida giyohvandlik vositalarining keng tarqalishining oldini olish bo‘lib qoladi.

Bu borada Qo‘shma Shtatlar Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishda O‘zbekiston bilan faol hamkorlik qilmoqda. AQSH Prezidenti Jo Bayden o‘zining hamkasbi, Prezident Shavkat Mirziyoyevga Navro‘z bayrami munosabati bilan tabrigida urushni tugatadigan va Afg‘onistonda faqatgina diplomatik yo‘l bilan yechim topadigan tinchlik o‘rnatish jarayonini qo‘llab-quvvatlash uchun birgalikda ishlashning alohida ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

Umuman olganda, O‘zbekiston-Amerika hamkorligining hozirgi yo‘nalishi ikki mamlakat va xalqlarning milliy manfaatlariga javob beradi. AQSHning yangi ma’muriyati ushbu tendensiyani qo‘llab-quvvatlaydi va o‘zbek-amerika muloqotini yanada kengaytirishga tayyorligidan dalolat beradi.

Xulosa sifatida aytish mumkinki, ikki tomon kun tartibining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarining uzoq muddatli istiqbolda ham izchil rivojlanishini to‘la ishonch bilan bashorat qilish mumkin.

Farrux Ermanov,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
huzuridagi strategik va mintaqalararo
tadqiqotlar instituti bosh ilmiy xodimi