Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – AQSH: neft-gaz sohasida qo‘shma ishchi guruh tuzish bo‘yicha kelishuvga erishildi
13:11 / 2026-02-13

Mamlakatimiz neft va gaz sohasida raqamlashtirish, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish va boshqaruv jarayonlarini modernizatsiya qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

“O‘zbekneftgaz” AJ va AQSHning “Honeywell” kompaniyasi  mas’ullari o‘rtasida o‘tkazilgan uchrashuvda ham bu masalalarga keng urg‘u berildi.

Muzokaralar davomida tomonlar “O‘zbekneftgaz” AJ va “Honeywell” kompaniyalari orasidagi ko‘p yillik samarali hamkorlikni alohida ta’kidladi. Shuningdek, hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari, jumladan, raqamli transformatsiya loyihalari, boshqaruv tizimlari hamda ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiya qilish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar neft-gaz sohasida raqamlashtirish va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanliklarini qayd etdi.

Jamiyat axborot xizmatiga ko‘ra, uchrashuv loyihalarni amalga oshirish, texnik takliflarni tayyorlash va hamkorlik formatini belgilash bo‘yicha ham samarali bo‘ldi.

Uchrashuv yakunida esa muhokama qilingan tashabbuslarni batafsil ishlab chiqish maqsadida qo‘shma ishchi guruh tuzish bo‘yicha kelishuvga erishildi.  

N.Ziyodullayeva, O‘zA