English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston an’anaviy taekvondo federatsiyasiga yangi vitse-prezident saylandi
14:56 / 2024-10-15

Mamlakatimizda yoshlarni ommaviy sportga jalb etish orqali mahoratli sportchilarni tayyorlashda ko‘plab sport tashkilotlari, uyushmalari qatorida O‘zbekiston an’anaviy taekvondo federatsiyasida ham ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Bundan qariyb yigirma yil muqaddam tashkil etilgan ushbu federatsiyaga a’zo sportchilar an’anaviy taekvondo bo‘yicha xalqaro sport maydonlarida o‘tkazilib kelinayotgan nufuzli turnirlarda, chempionatlarda munosib natijalarga erishib kelmoqda.  

Kuni kecha ushbu sport turini yanada rivojlantirish, hududlarda turli musobaqalar tashkil etish masalasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda federatsiya ijroiya kengashi a’zolari taklifiga binoan Jahongir Ziyayev O‘zbekiston an’anaviy taekvondo federatsiyasi vitse-prezidentligiga saylandi.  

Murabbiy va mutaxassislar ishtirokidagi muloqot chog‘ida an’anaviy taekvondo bo‘yicha klublar faoliyatini yanada jonlantirish, musobaqalar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.  

O‘zA