Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston amputantlar terma jamoasi Jahon chempionatiga yo‘l oldi
17:31 / 2025-11-11

2026 yilining 31 iyulidan 6 avgust kuniga qadar dunyoning 24 ta futbol bo‘yicha amputantlar terma jamoasi Kosta-Rikada o‘tadigan jahon chempionatida o‘zaro bahs olib boradi.

Quvonarlisi, mazkur mundial saralashining “B” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston amputantlar terma jamoasi Yaman bilan o‘tgan o‘yinda raqib darvozasiga 13 ta javobsiz to‘p kiritdi va ochkolarini 9 taga yetkazib olgan holda mundialga yo‘l oldi. Darvoqe, bundan avval amputant futbolchilarimiz Malayziya termasini 11:0 hisobida yenggan edi.

Ma’lumot o‘rnida: saralash bahslarining  “B” guruhida Yaponiya termasi ham 9 ochko jamg‘argan bo‘lib, gollar nisbatiga ko‘ra, ikkinchi o‘rindan joy oldi. Malayziya, Yaman va Bangladesh jamoalari hisobida hozircha ikkitadan o‘yin bor va ular hamon ochkosiz qolmoqda.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA