English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zbekiston amaliy san’ati: an’analar davomiyligi” kitob - albomi xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ldi
19:33 / 2023-09-13

O‘zbekiston Badiiy akademiyasining “SAN'AT” jurnali nashriyoti tomonidan “O‘zbekiston amaliy san’ati: an’analar davomiyligi” nomli kitob - albom chop etilgan.

San’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori Binafsha Nodir muallifligida yaratilgan mazkur kitob - albom Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) ishtirokchi davlatlarining Moskvada bo‘lib o‘tgan XIX xalqaro “Kitob san’ati” tanlovida "Art - kniga" nominatsiyasi bo‘yicha birinchi darajali diplom bilan taqdirlandi.  

Bu haqda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi axborot xizmati ma’lum qildi.  

    O‘zA