Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston aholisi 2050 yilga borib 50 milliondan oshishi kutilmoqda
15:31 / 2025-12-23

Bu esa ijtimoiy rivojlantirish ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishni taqozo qiladi

O‘zbekiston aholisi soni bugungi kunda 38 millionga yaqinlashdi. 2030 yilga kelib 41 millionga, 2050 yilga borib esa 50 milliondan ortishi kutilmoqda.

O‘zbekiston aholisining 2050 yilgacha bo‘lgan prognozini hisobga olgan holda hududlarni ijtimoiy rivojlantirish ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish va shu asosda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi. 

Senatning Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasi hamkorligida tuzilgan ishchi guruh yig‘ilishida shu haqda so‘z bordi. 

BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi mutaxassislari tomonidan vazirlik va idoralar tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni ishlab chiqishda aynan qaysi yo‘nalishlarga e’tibor qaratish zarurligi bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Senatorlar, vazirlik va idoralar mutaxassislari tomonidan respublikaning ayrim hududlari misolida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ko‘rsatkichlarini belgilab olish va shu asosda o‘rganish o‘tkazish taklifi bildirildi. 

Ayniqsa, ijtimoiy sohalarda aholining ta’lim, sog‘liqni saqlash xizmatlaridan foydalanishi uchun qulay sharoit yaratish, aholini ijtimoiy himoya qilish yo‘nalishida erishilishi lozim bo‘lgan ko‘rsatkichlar dolzarbligiga e’tibor qaratildi.

N.Abduraimova,

O‘zA