English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – Afg‘oniston: savdo-iqtisodiy aloqalar yanada kengaymoqda
20:55 / 2020-12-01

Savdo-sanoat palatasida O‘zbekiston bilan Afg‘oniston o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Videokonferensiya shaklidagi ushbu tadbirda Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Anvar Asamov, Afg‘oniston Savdo-sanoat palatalari federatsiyasi raisi Muhammad Ismoil Gazanfar, Afg‘onistonning O‘zbekistondagi elchisi Ahmad Holid Elmiy, shuningdek, ikki davlat ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etdi.

A.Ikromov so‘nggi yillarda ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik sezilarli darajada faollashganini, bunda savdo-sanoat palatalarining ham hissasi borligini qayd etdi.

[gallery-231]

Uchrashuvda savdo va investitsiyalar, bank, bojxona va boshqa sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Ushbu sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish tomonlarning umumiy maqsadidir. Xususan, O‘zbekiston va Afg‘oniston kompaniyalari o‘rtasida sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash bo‘yicha ishlar boshlangan.

Joriy yilning o‘n oyida o‘zaro savdo aylanmasi 611 million dollarni tashkil etdi. O‘zbekiston qo‘shni davlatga 609,5 million dollarlik mahsulot eksport qildi. O‘z navbatida, afg‘on ishbilarmonlari 1,9 million dollarlik mahsulot yetkazib bergan.

Videomuloqot chog‘ida bu kabi tadbirlarni ko‘proq o‘tkazish lozimligi ta’kidlandi. Chunki ishbilarmonlarning tez-tez muloqotga kirishishi istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish va kelishuvlarni o‘z vaqtida amalga oshirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.

Saidmurod RAHIMOV, O‘zA