Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston-Afg‘oniston: energetika sohasida qo‘shma tadbirlarni amalga oshirishni tezlashtirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi
15:36 / 2021-02-02

Joriy yilning 1 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Alisher Sultonov Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Muhammad Shokir Korgar bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi .

Afg‘oniston Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Muhammad Hanif Atmar boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi doirasida tashkil etilgan mazkur uchrashuvda tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, xususan, energetika sohasidagi hamkorlikning amaliy samarasini qayd etdi.

Uchrashuv chog‘ida Afg‘oniston tomoni O‘zbekistonga elektr ta’minotini o‘rnatishda ko‘rsatayotgan doimiy yordami, shuningdek, savdoni rivojlantirish va Afg‘oniston fuqarolarining mamlakatimizda oliy ma’lumot olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha mamlakatimizning olib borayotgan siyosati uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

 Shuningdek, ular Afg‘oniston hududida 500 kV kuchlanishli Surxon-Puli-Xumri elektr uzatish tarmog‘ini qurish loyihasi doirasida ish olib borish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishini ta’kidladi. Ushbu loyihani amalga oshirish mamlakat rahbariyatining alohida nazoratida ekanligi qayd etildi.

Janob Korgar O‘zbekistonning energetika tarmog‘ida elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmini oshirishga qaratilgan islohotlarni yuqori baholadi. Buning dastlabki natijalaridan biri sifatida Sirdaryo viloyatida Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan yangi issiqlik elektr stansiyasini qurish bo‘yicha ishlar boshlanganini alohida ta’kidladi.

Tomonlar sheriklik loyihalarini amalga oshirish jarayoni, shuningdek, hamkorlikning yangi istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilar ekan, tadbir yakunida ushbu sohalarda qo‘shma tadbirlarni amalga oshirishni tezlashtirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

 

O‘zA