O‘zbekiston 7 oyda xorijiy davlatlarga 30 ming tonnadan ziyod uzum eksport qildi
Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, joriy yil 7 oy yakunlariga ko‘ra, yurtimizdan qiymati 22,3 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 30 ming tonnadan ziyod uzum mahsulotlari (quritilgan uzumdan tashqari) bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilib, xorijga eksport qilindi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 30 foizga ko‘p demakdir.
Eksport qilingan uzum mahsulotining eng ko‘p ulushi Farg‘ona (9,9 ming tonna), Toshkent (5,6 ming tonna), Samarqand (3,1 ming tonna), Namangan (2,7 ming tonna) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keldi.
O‘zA