Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston 6 oyda 1,1 mingtadan ortiq elektromobil import qildi
16:10 / 2022-07-18

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston 10 ta xorijiy davlatdan qiymati 34,1 million AQSH dollariga teng bo‘lgan 1 ming 125 ta elektromobil import qilgan.

Elektromobil importi 2021 yilning mos davriga nisbatan 875 taga yoki 4,5 barobarga oshgan.  

2022 yilning 6 oyida O‘zbekiston asosan qo‘yidagi davlatlardan elektromobillarni import qilgan.  

Xitoy – 983 ta, BAA – 73 ta, Germaniya – 27 ta, Gonkong – 25 ta, Koreya – 6 ta, Litva – 6 ta, Estoniya – 2 ta.  


 O‘zA