Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston 30-Minsk xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasida ishtirok etmoqda
12:25 / 2023-03-24

Joriy yil 22-26 mart kunlari Belarus poytaxti Minsk shahrida «Chegaralarsiz kitob olami» 30-Minsk xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda.

AOKA xabariga ko‘ra, an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan nufuzli kitob ko‘rgazma-yarmarkasida 20 dan ortiq mamlakatdan matbaa korxonasi, nashriyotlar, shu jumladan, mamlakatimiz nashriyot va kitob savdosi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar mutasaddilari ishtirok etmoqda.  

30-Minsk xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasida yurtimizdan 10 ga yaqin nashriyotning turli janr va yo‘nalishdagi 100 dan ortiq kitobi namoyish etilmoqda.  

Bu kabi xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkalari nafaqat turli millat, xalqlar do‘stligini mustahkamlashda, balki kitob olamidagi yangiliklar, yangi nashrlar, zamon yozuvchilari va shoirlari, tarixni o‘rganishda, tajriba almashishda muhim ahamiyatga ega.  

30-Minsk xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi 26 martga qadar davom etadi.  

 

O‘zA