Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston 2030 yilda ta’lim sifati bo‘yicha TOP-30talikka kirishi kerak
15:55 / 2020-12-18

Bugun “Tashkent City Congress Hall«da bo‘lib o‘tayotgan «Toshkent yoshlar forumi-2020«ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Forumning ilk kunida ana shunday muhim uchrashuvlardan biri «Ijtimoiy soha-2030: ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimi istiqbollari» mavzusida ochiq muloqot tashkil qilindi. Unda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov, Sog‘liqni saqlash vaziri  birinchi o‘rinbosari Amrillo Inoyatov, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov hamda Ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev spiker sifatida ishtirok etishdi.

Ushrashuvda O‘zbekistonning ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimida kelgusi yillarda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan tizimli chora-tadbirlar hamda qator muammolarning yechimlari muhokama qilindi.

Xususan, Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov o‘z taqdimoti bilan qatnashib, ta’lim berish jarayonidagi islohotlar, rejalar, shuningdek, yoshlarga muvaffaqiyatga erishish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.  

– Ta’limning asosiy vazifasi yoshlarni kelajakda muvaffaqiyatga tayyorlashdan iborat. Muvaffaqiyat bu o‘z oldingizga qo‘ygan maqsadingizga qonunni buzmasdan, hech kimning huquqlarini poymol qilmasdan erishishdir. Bu yerda o‘tirganlarning hammasini o‘z muvaffaqiyatiga erishishi uchun imkoniyati yetarli, – dedi Sherzod Shermatov.

Shuningdek, vazir 2030 yilgacha O‘zbekiston ta’lim berish sifati bo‘yicha jahonda TOP-30 ta mamlakatlari qatoriga kirish vazifasi ko‘zda tutilganini ma’lum qildi va buning uchun maktablardagi shart-sharoitlarni yanada yaxshilash kerakligi, o‘qituvchilarni jamoaviy ishlar va ortiqcha qog‘ozbozliklardan xalos etish zarurligi haqida gapirib, avvalo buning uchun harakatdan to‘xtamaslik kerakligini ta’kidladi.