Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini yangilashga qanday zarurat tug‘ildi? (+video)
20:49 / 2026-01-23

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi Prezidentimiz taklifi va tashabbusi bilan yanada boyitilgan holda qayta ishlab chiqildi va keng jamoatchilik tomonidan qizg‘in muhokama qilinmoqda.

Strategiya loyihasida 451 ta maqsadli ko‘rsatkich belgilangan. Barcha sohaga oid dolzarb maqsad-vazifalar o‘z aksini topmoqda.  

Xo‘sh, mazkur strategik hujjatni yangilashga qanday zarurat tug‘ildi?  

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Sayyora Imomova strategiya loyihasini ishlab chiqish sabablari va yangi loyihada aks etayotgan maqsadlar xususida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Deputatning qayd etishicha, 2023 yilda qabul qilingan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida kambag‘allik darajasini 11,9 foizdan 6-7 foizga tushirish belgilangan edi. Lekin amaldagi islohotlar natijasida bugun kambag‘allik darajasi 5,8 foizga tushdi. Yalpi ichki mahsulot hajmi 107 milliard dollarni tashkil etishi ko‘zlangani holda 2025 yilda 145 milliard dollarni tashkil etdi. Shiddatli o‘zgarayotgan global davr, natijador islohotlar ushbu strategiyani o‘zgartirishga, yanada boyitishga zaruratni yuzaga keltirdi.  

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/dTUUjRQogJM" title="“O`zbekiston – 2030” strategiyasini yangilashga qanday zarurat tug`ildi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhtarama Komilova, Iskandar Ismatov (video), O‘zA