Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini o‘zgartirishga qanday zarurat bor edi? (+video)
20:07 / 2026-01-09

Davlatimiz rahbari parlament va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini yanada takomillashtirish zarurligini ilgari surdi. Shundan kelib chiqib, mazkur strategik hujjatning o‘zgartirilgan, yangilangan loyihasi ishlab chiqildi. Xo‘sh, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini o‘zgartirishga qanday zarurat bor edi?

Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Otabek Musurmonov batafsil to‘xtaldi.  

— Bundan 2 yil oldin “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida 2030 yilgacha yalpi ichki mahsulot hajmini 160 mlrd. dollarga yetkazishni maqsad qilgan edik. Keyingi yillardagi islohotlar, fiskal balans to‘g‘ri olib borilgani natijasida 2026 yilning o‘zida ushbu 160 mlrd. dollarlik marraga erishishimiz mumkinligi Murojaatnomada aytib o‘tildi.  

Endi yangilanayotgan strategiya loyihasi bilan 2030 yilgacha YAIMda 240 mlrd. dollarlik marrani o‘z oldimizga qo‘yyapmiz. Bu o‘ziga yarasha mas’uliyatni, mashaqqatni talab etadi, albatta. Bugun O‘zbekiston aniq “retseptlar” bilan rivojlanish yo‘lini tanlagan. Har bir sohada raqamlashtirish, diversifikatsiya, bosqichma-bosqich rivojlanish jarayoni bormoqda. Shu ma’noda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini o‘zgartirishimiz kerak va bu ijobiy tendensiyadir, — deydi deputat.  

Batafsil quyidagi videohavolada.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/dUtQ3F52qSc?si=Hk3_YRCPFhrTg45e" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhtarama Komilova,  

Anvar Ahmedov (video),  

O‘zA

 

--0--