Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zbekiston-2030” strategiyasida intellektual mulk huquqini himoya qilish masalalari
13:51 / 2026-02-26

O‘zbekistonda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida “O‘zbekiston-2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi barcha sohalar qatori intellektual mulkni himoya qilish tizimini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi. Zero, zamonaviy taraqqiyot sharoitida innovatsiya, ilmiy izlanish va kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish intellektual mulk huquqlarini samarali muhofaza qilish bilan uzviy bog‘liqdir.

Intellektual mulk-innovatsion iqtisodiyot asosi. Davlat dasturida ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash, startaplar va yuqori texnologiyali ishlanmalarni rag‘batlantirish bilan bir qatorda, ularning huquqiy himoyasini ta’minlash ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Patentlar, tovar belgilari va sanoat namunalarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartiblarini soddalashtirish orqali ixtirochilar va tadbirkorlar uchun qulay muhit yaratilmoqda.

Intellektual mulkni ishonchli himoya qilish investitsion jozibadorlikni oshiradi, xorijiy sarmoyadorlar uchun huquqiy kafolatlarni mustahkamlaydi hamda milliy brendlarning xalqaro bozorda raqobatbardoshligini ta’minlaydi.

Bu yil huquqiy baza va institutsional islohotlarga alohida e’tibor qaratiladi. O‘zbekiston-2030” strategiyasi doirasida intellektual mulk sohasidagi qonunchilikni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish va elektron xizmatlarni keng joriy etish chora-tadbirlari nazarda tutilgan. Bu esa murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatini qisqartirish va shaffoflikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Shuningdek, sohada huquqbuzarliklarga qarshi kurashish mexanizmlari kuchaytirilib, kontrafakt mahsulotlar aylanmasiga chek qo‘yish bo‘yicha nazorat tadbirlari izchil amalga oshiriladi. Sud amaliyotini takomillashtirish orqali huquq egalarining manfaatlari samarali himoya qiliish mexanizmlari takomillashtiriladi.

Yoshlar va kreativ industriyalarni qo‘llab-quvvatlashga ham e’tibor qaratiladi. Davlat dasturida yosh olimlar, dasturchilar, dizaynerlar va ijodkorlarning intellektual mulk ob’ektlarini himoya qilishdagi ishtirokini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilgan. Bu orqali kreativ iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, IT-parklar va innovatsion markazlar faoliyatini kengaytirish ko‘zda tutilgan.

Raqamli makonda huquqiy himoyaga e’tibor kuchaytiriladi. Mualliflik huquqini hurmat qilish madaniyatini shakllantirish, aholi o‘rtasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish ham davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Axborot texnologiyalari jadal rivojlanayotgan sharoitda internet tarmog‘ida mualliflik huquqlarini himoya qilish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Davlat dasturida raqamli platformalarda kontent muhofazasini kuchaytirish, noqonuniy tarqatish holatlariga qarshi samarali choralar ko‘rish vazifalari belgilangan.

Bu jarayonlar mamlakatda innovatsion muhitni mustahkamlab, ilmiy va ijodiy faoliyat natijalarini iqtisodiy qiymatga aylantirish imkonini beradi.

Xulosa qilib aytganda,Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida O‘zbekiston-2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturida intellektual mulk huquqini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar-yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim omilidir.

Intellektual salohiyatni himoya qilish va rag‘batlantirish orqali O‘zbekiston innovatsion, raqobatbardosh va barqaror iqtisodiyot sari qadam tashlayotganini ko‘rish mumkin.

Sitora Tosheva,

Adliya vazirligi huzuridagi

  Intellektual mulk markazi

davlat muassasasi yetakchi maslahatchisi