French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zbekiston – 2030" strategiyasi xorijliklarda ham katta taassurot uyg‘otmoqda
12:57 / 2023-11-16

Xalq farovonligi darajasini oshirish, ekologiya masalalari, tashqi siyosatda yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash, xususan, Yevropa Ittifoqi, Germaniya bilan aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan aniq maqsadlarni o‘z ichiga qamragan “O‘zbekiston–2030" strategiyasi bugun xorijliklarda ham katta taassurot uyg‘otmoqda.

Xususan, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi hamda O‘zbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi elchixonasi bilan hamkorlikda Berlin shahrida o‘tkazilgan “O‘zbekiston – 2030» strategiyasining mazmun-mohiyati va ahamiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati bunga yaqqol misol bo‘ldi.

Davra suhbati avvalida O‘zbekistonning GFRdagi Favqulodda va muxtor elchisi Dilshod Ahadov “O‘zbekiston – 2030» strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha qabul qilingan Prezident qarori, uning mamlakatda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlardagi o‘rni hamda ahamiyati haqida so‘z yuritdi.

Shuningdek, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov kelgusi yetti yilga mo‘ljallangan, mamlakat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi mazkur hujjatning mazmun-mohiyatiga alohida to‘xtalib, strategiyada 100 maqsadni o‘z ichiga olgan 5 ta ustuvor yo‘nalish barcha sohalar bo‘yicha muhim vazifalarni qamrab olganligi bilan ahamiyatli ekanligini qayd etdi.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi xabariga ko‘ra, qizg‘in munozaralarga boy, interaktiv tarzda o‘tgan davra suhbatida germaniyalik ekspertlar ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi. Ular O‘zbekiston Prezidenti tomonidan qabul qilingan “O‘zbekiston – 2030» strategiyasi e’tirofga sazovor hujjatligini ta’kidlashdi.  

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkin, tadbirda GFRda amaliy tashrifda bo‘lib turgan O‘zbekiston delegatsiyasi, diplomatlar, Germaniya siyosiy, biznes va ilmiy-tahliliy doiralar vakillari, OAV hamda vatandoshlar ishtirok etdi.  

 

Abdulaziz RUSTAMOV,

O‘zA