Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zbekiston-2030 strategiyasi” va yoshlarga oid davlat siyosati: taraqqiyotning ustuvor yo‘nalishi
10:16 / 2026-02-26

O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar markazida inson qadri, uning huquq va manfaatlari turibdi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida “O‘zbekiston-2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturining qabul qilinishi yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqdi.

Bunda yoshlar - strategik taraqqiyot tayanchi sifatida qaralmoqda. Shunga ko‘ra, davlat dasturida yoshlar masalasi ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangani bejiz emas. Zero, aholining katta qismini yoshlar tashkil etuvchi mamlakatimizda ularning ta’lim-tarbiyasi, bandligi, tadbirkorligi va faol fuqarolik pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlash-barqaror taraqqiyotning muhim shartidir.

“O‘zbekiston-2030” strategiyasida yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi uchun sharoit yaratish, raqamli texnologiyalarni o‘zlashtirishini qo‘llab-quvvatlash kabi vazifalar belgilangan.

Ta’lim sifatini oshirish va imkoniyatlar kengaytirish ham asosiy yo‘nalishлар qatoridan joy olgan. Davlat dasturida yoshlar uchun sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish alohida o‘rin tutadi. Dasturda maktab ta’limini takomillashtirish, oliy ta’lim qamrovini oshirish, xorijiy tillar va IT sohasini rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar nazarda tutilgan.

Shu bilan birga, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, xalqaro olimpiadalar va nufuzli ta’lim muassasalarida tahsil olishlari uchun grant va stipendiyalar ajratish tizimi yanada takomillashtirilmoqda. Bu esa mamlakatning intellektual kapitali o‘sishiga xizmat qiladi.

Yoshlar bandligi va tadbirkorligini rag‘batlantirish muhim yo‘nalishлардан sanaladi. Strategiyada yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash muhim vazifalardan biri sifatida belgilangan. Imtiyozli kreditlar, startap loyihalarni moliyalashtirish, kasb-hunarga o‘qitish markazlari faoliyatini kengaytirish orqali yoshlarning iqtisodiy faolligi oshirilmoqda.

Mahalla instituti orqali “yoshlar yetakchilari” faoliyatini yo‘lga qo‘yish, har bir yoshning muammosini o‘rganish va manzilli hal etish mexanizmi joriy etilgani davlat siyosatining samaradorligini ta’minlamoqda.

Yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish asosiy yo‘nalish bo‘lib, Davlat dasturida yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish, ularni turli yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish masalalari ham muhim o‘rin egallaydi. Sportni ommalashtirish, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni kengaytirish, kitobxonlikni targ‘ib qilish orqali yoshlarning ma’naviy dunyosi boyitilmoqda.

Xulosa qilib aytganda, “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida “O‘zbekiston-2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturida yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor darajada belgilanishi mamlakat kelajagiga qaratilgan uzoq muddatli siyosiy investitsiyadir.

Yoshlarni bilimli, tashabbuskor va vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash orqali O‘zbekiston belgilab olingan 2030-yilgacha bo‘lgan taraqqiyot maqsadlariga ishonch bilan yetib boradi.

Sitora Tosheva,

Adliya vazirligi huzuridagi

  Intellektual mulk markazi

davlat muassasasi yetakchi mutaxassisi