Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi: ulkan maqsad va marralar rejasi
16:12 / 2023-09-19

O’zLiDeP Qorao‘zak tuman kengashi tomonidan “Madaniyat” ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi oilaviy poliklinikada “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri tashkil qilindi.

Uchrashuvda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida beshta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha 100 ta muhim maqsad qamrab olingani ta’kidlandi. Xususan, barqaror iqtisodiy o‘sish orqali daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoridan o‘rin olish, aholi talablariga va xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil qilish, aholi uchun qulay ekologik sharoitlarni yaratish, mamlakatning suvereniteti va xavfsizligini kafolatli ta’minlash kabi g‘oyalar aks ettirilganligi e’tirof etildi. 

Strategiyada barcha sohalar singari tibbiyot sohasi ham aholi talablariga va xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan darajada isloh qilinishi, ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil qilish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilangan. Ayniqsa, keyingi yetti yilning ichida tibbiyot tizimidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, aholiga qulay imkoniyatlar yaratish, odamlarning o‘rtacha umr ko‘rishini hozirgi 73 yoshdan 78 yoshga yetkazish, onalar va bolalar o‘limini ikki barobarga qisqartirish, yurak-qon tomir kasalliklarini keskin kamaytirish, tibbiy ko‘riklar sifatini yaxshilash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish yuzasidan qator vazifalar belgilandi. 

Muloqot davomida mazkur hujjat orqali inson qadrini ulug‘lash, xalqimizni rozi qilish, munosib turmush sharoiti bilan ta’minlash kabi ulkan maqsad va marralar ko‘zlanganligi ta’kidlandi. 

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.