French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi: Ta’lim tizimini takomillashtirish – ustuvor vazifa
13:13 / 2026-01-20

“Taraqqiyot strategiyasi” markazida takomillashayotgan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasining “Ta’lim tizimini takomillashtirish: maqsad va vazifalar” mavzusiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Matbuot anjumanida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi rahbari Eldor Tulyakov hozirgi kunda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirishga sabab bo‘lgan omil va masalalar haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi. 

Qayd etilganidek, so‘nggi yillarda mamlakatda iqtisodiyotni liberallashtirish, aholi bandligini ta’minlash va inson kapitalini rivojlantirish, ijtimoiy himoya tizimini yangi bosqichga olib chiqish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, qulay investitsiyaviy muhitni shakllantirish hamda davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. 

Bugungi kunda jahonda yuz berayotgan global o‘zgarishlar, xalqaro bozorlardagi tebranishlar, sanoat va texnologiyalarning keskin rivojlanishi, energiya bozorlaridagi transformatsiya, global ta’minot zanjirlarining qayta shakllanishi O‘zbekistondan ham yangi yondashuvlarni talab etmoqda.

[gallery-27202]

Shu bilan birga, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining takomillashtirilishi, unda belgilangan vazifalarning yangilanishi mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligida muhim ahamiyat kasb etishi hamda loyihaning muhokamasida keng jamoatchilikning faol ishtiroki belgilanayotgan vazifalarning yanada mukammal va xalqchil bo‘lishini ta’minlaydi.

Shuningdek, tadbirda ishtirok etgan vazirlik va idoralar vakillari ham takomillashayotgan “O‘zbekiston-2030” strategiyasi loyihasida ko‘rsatilgan, o‘z yo‘nalishlariga taalluqli vazifalar hamda belgilangan ko‘rsatgichlar haqida tushuntirish berdi.

Jumladan, bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasini 80 foizga yetkazish, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini toza ichimlik suvi va zamonaviy sanitariya gigiyena infratuzilmasi bilan 100 foiz ta’minlash, ta’lim tashkilotlariga har yili 600 nafar “til egalari” bo‘lgan xorijiy mutaxassislarni jalb etish, Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning baholash tizimi joriy etilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari ulushini 100 foizga yetkazish, ehtiyoj yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar va olis hududlardagi abituriyentlar uchun pedagogik ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat granti asosida tayyorlangan kadrlar ulushini 17 foizga yetkazish vazifalari yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.

Shu bilan birga, o‘rta maxsus ta’lim va oliy ta’lim tizimida yangi uslublarni joriy etish orqali ta’lim samaradorligini oshirish yo‘nalishida kasbiy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va moddiy-texnika bazasini takomillashtirish ko‘rsatkichini 70 foizga yetkazish, 14 ta hududiy ilg‘or kasbiy mahorat texnikumlarini va “Kasblar shaharchasi”ni tashkil etish, bitiruvchilarning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashishi va 1-3 yil davomida mutaxassisligi bo‘yicha ishlash ko‘rsatkichini 70 foizga yetkazish, oliy ta’lim tashkilotlarining xalqaro akkreditasiyadan o‘tgan ta’lim dasturlarini 200 taga yetkazish, davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladigan fundamental tadqiqot loyihalari sonini 400 taga yetkazish, ilm-fan sohasiga Davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘larni yalpi ichki mahsulotning 1 foiz miqdorigacha oshirish kabi nazarda tutilgan ko‘rsatkichlar o‘zining naqadar katta ahamiyat kasb etishini tushuntirib o‘tdi. 

O‘z navbatida matbuot anjumani yakunida jurnalistlar qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldi. 

O‘zA