Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi: sog‘liqni saqlash tizimidagi dolzarb jihatlarga yechimlar…
16:49 / 2026-02-20

Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi hamda Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi hamkorligida yangi tahrirda qabul qilingan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi bo‘yicha jamoatchilik muhokamalari, bildirilgan takliflar va unga kiritilgan o‘zgarishlar hamda natijalar yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.

Asilbek Xudoyorov, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri:  

– Sog‘liqni saqlash tizimi mamlakatimizning taraqqiyot strategiyasida muhim o‘rin egallagan. Albatta, har birimizning ehtiyojimiz bo‘ladi bu sohaga. Malakali kadrlar hamma narsani hal qiladi. Vazirligimiz shifokorlar malakasini oshirish bo‘yicha katta ishlarni rejalashtiryapti.

Boshqa xizmatlardan farqli ravishda soha vakillaridan 24 soat harakatda bo‘lish talab etiladi. Bugungi kunda Prezidentimizning tashabbusi bilan xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda sog‘liqni saqlash tizimidagi dolzarb va e’tirozli jihatlarga yechimlar qilinyapti. Bu bosqichma-bosqich amalga oshirlyapti.

Taraqqiyot strategiyasida yangi farmon bilan sog‘liqni saqlash tizimiga oid 9 ta strategik ustuvor maqsad va ularga erishilganligini baholovchi 33 ta ko‘rsatkich aniq raqamlarda va ijro mexanizmi bilan ko‘rsatib berildi.

Tizimning qaysi yo‘nalishlarini rivojlantirishimiz kerak bo‘lsa, farmonda ayni shular belgilab berildi. Bunda aholining uzoq umr  ko‘rish davomiyligini oshirishdan boshlab, qanday mexanizmlar asosida o‘lim va nogironlik ko‘rsatkichlarining oldini olishgacha.  

Aytish mumkinki, mazkur hujjatda aholini eng ko‘p tashvishga solayotgan masalalar, odamlarning kundalik hayotida seziladigan maqsadlar o‘z ifodasini topdi.  

Abdulaziz RUSTAMOV, Otabek MIRSOATOV (surat), O‘zA