Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"O‘zbekiston - 2030" strategiyasi maqsadlariga erishilishini monitoring qilish jarayonlari to‘liq raqamlashtiriladi
10:32 / 2026-02-25

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Mamlakat taraqqiyotining 2030-yilgacha mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlari doirasida islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib chiqishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Unga muvofiq, quyidagilar ushbu Farmonni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar etib belgilandi: 

a) "O‘zbekiston - 2030" strategiyasi doirasida erishilgan yutuqlar va mavjud muammolarni hisobga olgan holda real sharoitga mos, o‘lchash va baholash imkoni mavjud samaradorlik ko‘rsatkichlarini belgilash; 

b) "O‘zbekiston - 2030" strategiyasi bilan belgilangan o‘rta muddatga mo‘ljallangan maqsadlarning samaradorlik ko‘rsatkichlarini yangi chaqiriqlar hamda shiddat bilan o‘zgarayotgan umumjahon tendensiyalariga muvofiq holda yangilash; 

v) "O‘zbekiston - 2030" strategiyasi maqsadlariga erishilishini monitoring qilish jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish; 

g) soha, tarmoq va hududlarni rivojlantirish bo‘yicha strategik rejalashtirish hujjatlarining "O‘zbekiston - 2030" strategiyasi bilan uyg‘unligini ta’minlash. 

Farmon bilan: 

a) 2023-2025-yillarda erishilgan samaradorlik ko‘rsatkichlari va o‘tkazilgan baholash natijalari asosida yangidan ishlab chiqilgan 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan "O‘zbekiston - 2030" strategiyasi; 

b) "O‘zbekiston - 2030" strategiyasi maqsadlarining samaradorlik ko‘rsatkichlarini shakllantirishning ma’lumot manbalari; 

v) "O‘zbekiston - 2030" strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha respublika komissiyasi tarkibi tasdiqlandi. 

"O‘zbekiston - 2030" strategiyasi maqsadlarining samaradorlik ko‘rsatkichlariga erishish barcha darajadagi vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hamjimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalarining eng ustuvor vazifasi hisoblanadi, bu bo‘yicha ularning birinchi rahbarlariga shaxsiy mas’uliyat yuklanadi.

Boshqaruv samaradorligi agentligi tomonidan vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining maqsadli ko‘rsatkichlari va indikatorlarini shakllantirishda "O‘zbekiston - 2030" strategiyasi maqsadlarining barcha samaradorlik ko‘rsatkichlari qamrab olinadi hamda monitoring natijalari samaradorlikni baholash uchun asos bo‘ladi.

O‘zA