Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi: kiritilgan o‘zgarishlar, kutilayotgan natijalar…
12:31 / 2026-02-20

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Murojaatnomasida ta’kidlangan vazifaga muvofiq, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining takomillashtirilgan loyihasi regulation.gov.uz va uzbekistan2030.uz veb-saytlarida jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan edi.

30-dekabrdan 28-yanvargacha, bir oy mobaynida xalqimizdan 3 ming 564 ta fikr va takliflar kelib tushdi. Shundan 2 ming 153 tasi asosli taklif, 751 tasi takrorlanuvchi, 340 tasi ma’qullash ma’nosidagi fikrlar, 320 tasi tanqid va e’tirozlardan iborat.

Adliya vazirligi va “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan aholining fikr-mulohazalari har kuni to‘planib, sohalar bo‘yicha taqsimlandi. Barcha takliflar Strategik rivojlanish va islohotlar agentligida atroflicha ko‘rib chiqildi.

2026-yil 16-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakat taraqqiyotining 2030-yilgacha mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlari doirasida islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib chiqishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni imzolandi. Mazkur farmon bilan 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi tasdiqlandi.

Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi hamda Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi hamkorligida yangi tahrirda qabul qilingan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi: o‘tkazilgan jamoatchilik muhokamalari, bildirilgan takliflar va Strategiyaga kiritilgan o‘zgarishlar, kutilayotgan natijalar yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

Unda so‘zga chiqqan“Taraqqiyot strategiyasi” markazi direktori Eldor Tulyakov mazkur hujjatning ahamiyatiga to‘xtaldi:

– Jamoatchilik fikrini o‘rganish bo‘yicha katta ko‘lamda ish olib borildi. Adliya vazirligi va “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan aholining fikr-mulohazalari har kuni to‘planib, sohalar bo‘yicha taqsimlandi. Barcha takliflar Strategik rivojlanish va islohotlar agentligida atroflicha ko‘rib chiqildi.

[gallery-27769]

O‘rganish natijalari bo‘yicha jamoatchiligimiz yuborgan 2 ming 153 ta asosli taklif ular tegishli bo‘lgan vazirlik va idoralarning mutasaddilari bilan muhokama qilindi. Mamlakatimiz uchun muhim hisoblangan va bajarish mumkin bo‘lgan real takliflar inobatga olindi. Ular mutaxassislar bilan qayta ishlanib, aniq KPIlarga aylantirildi.

Eng ko‘p taklif tushgan sohalar esa ta’lim – o‘quvchi o‘rinlari, pedagoglar maoshi, ta’lim sifati, ekologiya – ekologik xulq-atvor, shaharlardagi yashillik, geobotanik tadqiqotlar, raqamlashtirish – xizmatlar, ta’lim va tibbiyot, energetika – qayta tiklanuvchi energiya, gaz va elektr ta’minoti, transport – shaharlararo qatnovlar, logistika va omborlar, jamoat transporti.  

Tadbirda OAV vakillarining qiziqtirgan savollariga javob qaytarilmoqda.

Abdulaziz RUSTAMOV, Otabek MIRSOATOV (foto), O‘zA