English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi: kelajak sari qadam
11:51 / 2026-01-22

Navoiy shahridagi viloyat Ma’naviyat va ma’rifat markazida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini takomillashtirishning mazmun-mohiyati va uning amaliy ahamiyati” mavzusida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda mamlakat taraqqiyotining kelgusi bosqichlarini belgilab beruvchi muhim strategik hujjat – “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi atrofida jamoatchilik fikrini shakllantirish, uning mazmunini keng aholi qatlamlariga yetkazish hamda takomillashtirish jarayoniga fuqarolarni faol jalb etish borasida so‘z yuritildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025 yil 26 dekabr kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida mamlakatda barqaror iqtisodiy o‘sish ta’minlanib, aholi daromadlari va turmush sifati oshdi. Ijtimoiy sohada muhim natijalarga erishildi. 

– Tadbir davomida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining takomillashtirilgan loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘yish jarayoniga alohida e’tibor qaratdik, – deydi “Yuksalish” harakati viloyat bo‘linmasi boshlig‘i Alijon Jalilov. – Ushbu jarayon fuqarolar, fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, mahalliy kengashlar, soha mutaxassislari hamda ekspertlarning faol ishtirokini ta’minlash orqali strategiyaning hayotiyligini oshirishga xizmat qiladi. Bu esa qabul qilinayotgan qarorlarning aholi manfaatlariga yanada yaqin bo‘lishini ta’minlaydi.

Uchrashuvda strategiyaning asosiy maqsad va vazifalari – aholi farovonligini oshirish, iqtisodiyotni jadallik bilan rivojlantirish, ijtimoiy soha, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish, ekologik barqarorlikni ta’minlash, hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, inson kapitaliga sarmoya kiritish, yoshlar va xotin-qizlar faolligini oshirish, raqamli iqtisodiyot va innovatsiyalarni rivojlantirish ustuvor yo‘nalishlar sifatida e’tirof etildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining takomillashtirilgan loyihasini yanada mukammal qilishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri