Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"O‘zbekiston – 2030" strategiyasi: asosiy g‘oyalar (+video)
13:21 / 2026-01-28

Munosabat

Inson qadrini yuksaltirish, erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish eng oliy qadriyat sifatida qaralgan ushbu hujjat loyihasining muhokamalarida nafaqat O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi a’zolari balki xalqimiz ham o‘zlarining asoslantirilgan taklif va tavsiyalari bilan faol ishtirok etish imkoniyati yaratilgani “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining xalq muallifligidagi tarixiy hujjat bo‘lishiga asos bo‘ldi.

Ushbu dasturiy hujjatda yaqin va o‘rta istiqbolda mamlakatimizning rivojlanish tendensiyalari qanday bo‘lishi, bu boradagi ustuvor vazifalar belgilangan. Mamlakatimizda keyingi yillarda amalga oshiriladigan islohotlarning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslarini yaratib berishga qaratilgan mazkur hujjat shubhasiz, O‘zbekiston xalqini adolatli taraqqiyot yo‘lida jipslashtiradi.

Strategiya beshta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha 100 ta muhim maqsadni o‘z ichiga qamrab olgani bilan e’tiborga molik. Bu mamlakatda islohotlar samaradorligini keskin oshirish, barqaror iqtisodiy o‘sish orqali daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoridan o‘rin olish, xalq xizmatidagi adolatli va zamonaviy davlatni barpo etishdek buyuk maqsadlarga xizmat qiladi.

Strategiyaning har bir yo‘nalishini tahlil qiladigan bo‘lsak, inson qadrini ulug‘lash, xalqimizni rozi qilish, munosib turmush sharoiti bilan ta’minlash kabi ulkan maqsad va marralar ko‘zlanganini ko‘rish mumkin. Zotan, ushbu hujjat bilan mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada barqaror ta’minlash yo‘lidagi eng dolzarb masalalar yechimi, ularga erishish yo‘llari va usullari belgilab olindi.  

Bir so‘z bilan aytganda, “O‘zbekiston —2030” strategiyasi nafaqat mamlakatimizning kelgusi 4 yil taraqqiyotini shu bilan birga, uning uzoq yillik rivojlanish strategiyasini belgilab beruvchi muhim hujjatdir.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/pFTMPRZrti0?si=Vg8-AlsZ_9BEY52_" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA