Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi” aholi turmush farovonligi oshishiga xizmat qiladi
12:18 / 2023-09-24

Joriy yilning 30 aprel kuni bo‘lib o‘tgan umumxalq referendumida xalqimiz tomonidan yangi tahrirdagi Bosh qomusimiz ma’qullandi. Bu bilan Yangi O‘zbekiston taraqqiyotini yanada yuqori bosqichga ko‘tarish uchun tamal toshi qo‘yildi. Chunki mukammal ishlangan, xalqimizning xohish-irodasini ifodalagan yangi Konstitutsiya barcha yutuq va muvaffaqiyatlarimiz, mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy, siyo¬siy ravnaqining huquqiy asosidir.

Prezidentimiz tomonidan joriy yil 11 sentyabrda imzolangan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi farmon yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar ko‘lamini kengaytirish barobarida yangidan-yangi tashabbus¬larga zamin yaratmoqda.  

Farmonga ko‘ra, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi bir necha muhim yo‘nalishlarda amalga oshiriladi.

Jumladan, strategiya jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash, odil sudlovga erishish, iqtisodiyotning asosiy drayveri bo‘lgan tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, ijtimoiy sohada islohotlarni “inson manfaati eng ulug‘ maqsad” tamoyili asosida amalga oshirish kabi masalalar ustuvor etib belgilandi.

Strategiya joriy yilning o‘zidayoq amalga oshirilishi islohotlarning sur’atini yanada tezlashtirishga xizmat qiladi. Jumladan, strategiyaning qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish yo‘nalishi doirasida hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatishda aholiga yanada qulayliklar yaratish va ortiqcha sansalorliklarga barham berish maqsadida 2024 yil 1 yanvardan boshlab yo‘l harakati xavfsizligi sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatishda, shu jumladan, avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda avtomoto-transport vositasining oldi-sotdi shartnomalari va boshqa notarial tasdiqlangan bitimlarni “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimidan olish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi va ariza beruvchilardan mazkur hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi. 2024 yil 1 martdan boshlab esa notarial idoraga kelmasdan, shu jumladan, chet eldan turib, mol-mulkdan foydalanish bilan bog‘liq bitimlarni (mulk huquqini boshqa shaxsga o‘tkazishdan tashqari) elektron raqamli imzodan foydalangan holda videokonferens aloqa orqali rasmiylashtirish tartibi yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, 2024 yil 1 yanvardan boshlab bosqichma-bosqich barcha shahar va tumanlarda “Mahalla byudjeti” tizimi joriy etilishi mahalla instituti tizimini yanada takomillashtiradi, imkoniyatlarini kengaytiradi. Bunda tuman va shahar byudjetlariga tushadigan soliq tushumlarining bir qismi mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal qilish jamg‘armalariga yo‘naltiriladi. Tashabbusli byudjet amaliyotini va mahallalarning moliyaviy mustaqilligini yanada kengaytirish maqsadida 2024 yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan loyihalarni moliya¬lashtirish uchun davlat byudjetidan 10 trillion so‘m ajratilib, shundan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari uchun kamida 4 trillion so‘m yo‘naltiriladi.  

Bundan tashqari, 2024 yil yakuniga qadar qonunda belgilangan asoslarda tezkor-qidiruv va tergov harakatlariga sanksiya berish masalasin i alohida tergov sudyalari tomonidan ko‘rib chiqish tartibi joriy etiladi. Tadbirkorlik sohasida javobgarlikni yanada liberallashtirish maqsadida 2024 yil 1 yanvardan boshlab birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxsni, agar u sud maslaxatxonaga kirguniga qadar soliqlar va yig‘imlar, shu jumladan, penyalar va boshqa moliyaviy sanksiyalar tarzida davlatga yetkazilgan zararning o‘rnini to‘liq qoplasa, javobgarlikdan ozod qilish, tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan qo‘zg‘atilgan har bir jinoyat ishi bo‘yicha tergov hamda sud jarayonida tegishli mansabdor shaxs jinoyat ishi materiallarini ish yurituviga qabul qilgan vaqtdan boshlab tadbirkorni himoya qilishga Biznes ombudsman, Savdo-sanoat palatasi, shuningdek, tadbirkorlik sub’ekti a’zo hisoblangan boshqa tashkilotni jamoat himoyachisi sifatida jalb etish (xabar qilish) tartibi joriy etiladi.

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasining qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish yo‘nalishi bo‘yicha 2023 yilga mo‘ljallangan amaliy tadbirlar rejasi, 2023-2024 yillarga mo‘ljallangan maqsadli ko‘rsatkichlar hamda 2023 yilda ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ro‘yxati tasdiqlanadi.

Farmonda bolalarni maktabgacha ta’lim va tayyorlov guruhlari bilan to‘liq qamrab olish, 100 foiz maktabgacha ta’lim tashkilotlarini toza ichimlik suvi va zamonaviy sanitariya-gigiyena infratuzilmasi bilan ta’minlash, olis va chekka hududlarda joylashgan 715 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun bepul avtobuslarni yo‘lga qo‘yish, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini toza ichimlik suv va zamonaviy sanitariya-gigiyena, infratuzilmasi bilan to‘liq ta’minlash, 700 ga yaqin nomdagi yangi darsliklar, mashq daftarlari, pedagoglar uchun metodik qo‘llanmalar va mobil ilovalar yaratish, yangi avlod darsliklari asosida planshetlar uchun bir mingta multimedia dasturlarini yaratish, ta’lim tashkilotlariga har yili 500 nafar xorijiy tillar bo‘yicha mutaxassislarni jalb etish singari qator vazifalar qayd etilgani ham alohida  e’tirofga moliklir..

Muxtasar aytganda, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi mamlakatimiz iqtisodiyotining barqaror o‘sishi, aholi turmush farovonligining yanada yuksalishiga xizmat qilishi bilan muhim va tarixiy ahamiyatga egadir.

 

Diyorbek Turg‘unov,

“Yuksalish” umummilliy harakati Andijon viloyati hududiy

bo‘linmasi rahbari.

O‘zA