English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zbekiston – 2030”. Global va milliy iqtisodiyot trendlari forumi (+video)
18:13 / 2024-10-17

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida ikki kun davomida “Global va milliy iqtisodiyot trendlari: O‘zbekiston – 2030 strategiyasi” forumi bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur xalqaro forum yirik ilmiy tadbir bo‘lib, uni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida keltirilgan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish, xalqaro va milliy ekspertlarning ilmiy g‘oyalari hamda amaliy tajriba almashinuvi platformasini yaratish va natijalarni keng jamoatchilikka yetkazishdan iboratdir.

Forumda xorijiy ekspertlar, mas’ul vazirlik va tashkilotlar, oliy o‘quv yurtlari rektorlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari qatnashmoqda. Uning doirasida “Raqamli iqtisodiyot sharoitida barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash yo‘nalishlari”, “Yashil buxgalteriya hisobi va raqamlashtirish barqaror iqtisodiy rivojlanishning eng yangi vektorlari sifatida” kabi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazilmoqda.  

Forumda muhokama qilingan mavzular juda dolzarb:  makroiqtisodiy barqarorlik, inson kapitali, aholi farovonligini ta’minlash, munosib bandlik, gender tengligi, xalqaro biznes va turizm, ijtimoiy tenglik.  

Shu jumladan forum ishida raqamli hukumat, zamonaviy texnologiyalar,  sun’iy intellekt va iqtisodiyotni miqdoriy o‘lchash, korporativ hisob, kadrlar tayyorlash, qulay biznes muhitni yaratish, barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.  

Shuningdek, bir qator tadbirlar, xususan, 4 ta ilmiy-amaliy konferensiya va talabalar festivali, yosh olimlar o‘rtasida loyiha, startap taqdimotlar, intelektual o‘yin, maqolalar tanlovlari, fan olimpiadalari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.  

Xalqaro forumning 2-kunida akademik faoliyat, ilmiy tadqiqot, xalqaro hamkorlik yo‘nalishlaridagi so‘nggi tendensiyalar, sanoat trendlari, bank-moliya, davlat xizmati, korporativ boshqaruv kabi sohalarning rahbarlari va amaliyotchilari ishtirokida ilmiy-amaliy seminarlar o‘tkaziladi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/lUVnrXJZDUk?si=lYUA7nD6UmQbXJEz" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Sanjar Toshpo‘latov, Abror Sodiqov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA