Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston 2025 yilda barqaror rivojlanish maqsadlari indeksida 19 pog‘onaga ko‘tarildi
13:59 / 2025-12-25

Bugun oziq-ovqat xavfsizligi mamlakat barqarorligi, xalq farovonligi va milliy xavfsizlikni ta’minlashda ustuvor ahamiyatga ega.

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Toshkent davlat agrar universiteti hamda O‘zbekiston “Agrar soha ayollari” uyushmasi hamkorligida “Global iqlim o‘zgarishi sharoitida oziq-ovqat va mahsulotlar xavfsizligini ta’minlash orqali Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari Mavludaxon Xo‘jayeva so‘zga chiqib, global iqlim o‘zgarishi sharoitida oziq-ovqat va mahsulotlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar va ularning ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berdi.

Qayd etilganidek, yangi tahrirda qabul qilingan “Oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonun sohada xalqaro standartlarga mos tizimni joriy etish, oziq-ovqat biznesi operatorlarining mas’uliyatini kuchaytirish, mahsulot sifati va xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Global iqlim o‘zgarishi sharoitida oziq-ovqat va mahsulotlar xavfsizligini ta’minlash – barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishning muhim omili sifatida qaralishi natijasida O‘zbekistonning oziq-ovqat xavfsizligi global indeksi reytingidagi o‘rni ko‘tarilib bormoqda.  

Jumladan, joriy yilda O‘zbekiston 2025 yil uchun Barqaror rivojlanish maqsadlari indeksidagi ko‘rsatkichlarini yaxshilab, o‘tgan yilga nisbatan 19 pog‘onaga ko‘tarildi va 2015 yildan buyon MO va Sharqiy Yevropa davlatlari orasida jadal rivojlanayotgan davlat sifatida e’tirof etildi.

Muhtarama Komilova,

O‘zA