French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston 11,7 million dollarlik qariyb 49 ming tonna tarvuz eksport qildi
17:07 / 2020-11-16

Hududlar bo‘yicha tarvuz eksportining yuqori ulushi Qashqadaryo (8,1 ming tonna), Jizzax (6,2 ming tonna) va Sirdaryo viloyatlariga (5,7 ming tonna) tegishli.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu yil mamlakatimizda yetishtirilgan tarvuz 13 ta xorijiy davlat bozorlariga yetkazib berildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 43,1 ming tonnaga, ya’ni qariyb 8,5 baravarga ko‘p, demakdir.

O‘zbekiston ushbu davrda Qozog‘iston (32,6 ming tonna), Rossiya (12 ming tonna), Qirg‘iz Respublikasi (3,6 ming tonna), Belarus (272,9 tonna) va Ukraina (202,7 tonna)ga eng ko‘p tarvuz eksport qilgan.

Hududlar bo‘yicha tarvuz eksportining yuqori ulushi  Qashqadaryo (8,1 ming tonna),  Jizzax (6,2 ming tonna) va Sirdaryo viloyatlariga  (5,7 ming tonna) tegishli.