Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«O‘zbekgidroenergo» AJ tender savdolarini e’lon qiladi
20:23 / 2022-10-31

Markaziy Osiyoda ilk bor bunyod etilayotgan balandligi 195 metr bo‘lgan temir-beton ekranli Pskem GES to‘g‘onining qurilishida ilg‘or jahon tajribasini qo‘llashga kirishildi.

«O‘zbekgidroenergo» AJ mazkur yirik strategik ob’ektni qurish loyihasini boshqarish uchun PMC (Project Management Contractor) Pudratchi yollashga tender savdolarini e’lon qiladi.

MDH davlatlarida yangilik hisoblangan RMS Pudratchidan foydalanish tajribasi ilg‘or G‘arb davlatlarida qariyb 30 yildan buyon qo‘llanib kelinmoqda.

RMS Pudratchi to‘g‘on qurilishi kontrakti ustidan texnik-texnologik, moliyaviy, ekologik jihatidan nazorat o‘rnatib, gidrotexnik inshootlarning va konstruksiyalarning xavfsizligi va ishonchliligini, qurilishining yuqori sifatini kafolatlaydi.

Tender savdolarida ishtirok etish istagida bo‘lganlar 2022 yilning 2 dekabriga qadar https://xt-xarid.uz/procedure/... elektron manziliga joylashtirilgan hujjatlar bilan tanishish va o‘z takliflarini kiritish imkoniyatiga ega.

O‘zA