Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zbekgidroenergo” AJ Fransiya bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirmoqda
16:34 / 2021-04-14

Bugun, 14 aprel kuni “O‘zbekgidroenergo” AJ rahbariyati hamda Fransiyaning eng yirik elektr energiya ishlab chiqaruvchi “EDF” kompaniyasining xalqaro aloqalar, Yevropa va MDH mamlakatlari bo‘yicha mas’ul vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ikki tomonlama muzokaralarda “EDF” kompaniyasining xalqaro bo‘linmalariga mas’ul, katta ijrochi vitse-prezidenti Beatris Buffon, Yevropa mamlakatlari bo‘linmalariga mas’ul, katta ijrochi vitse-prezidenti Mark Jirar, MDH mamlakatlari ofisi rahbari Loran Paganon, MDH mamlakatlari ofisi loyihalarini rivojlantirish bo‘yicha mas’ul Matyo Filipp hamda Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi loyihasi menedjeri Korin Sandberglar ishtirok etdilar.

Uchrashuvda mamlakatimizda ilk bor GAES qurilishi, suv omborlarida suzuvchi quyosh stansiyalarini o‘rnatish, ikki tomondan maxsus ishchi guruhlar tuzish hamda asosiy tashkiliy masalalarni muhokama qilish borasida ikki tomonlama hamkorlikni amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi, shuningdek, o‘zaro amaliy hamkorlik bo‘yicha memorandum imzolashga kelishib olindi.

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida qurilishi rejalashtirilayotgan Xo‘jakent GAESning loyihaviy quvvati 200 MVt ga teng.

Ma’lumot uchun: EDF – Fransiyadagi eng yirik davlat elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi kompaniyasi va dunyodagi eng yirik atom elektr stansiyasi operatori hisoblanadi.

“O‘zbekgidroenergo” AJ
Axborot xizmati