Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbek zargarligi malakali dizaynerlarga muhtoj
13:15 / 2020-12-28

Milliy matbuot markazida «O‘zbekzargarsanoati» uyushmasining 2020 yildagi faoliyati yakunlari, 2021 yil rejalar muhokamasiga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

Uyushma rahbariyati ishtirokida bo‘lib o‘tgan anjumanda 2020 yil zargarlik sohasida erishilgan natija, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama qilinib, sohani rivojlantirish maqsadida tadbirkorlarga yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.

– O‘zbek zargarligi malakali dizaynerlarga muhtoj, – deydi «O‘zbekzargarsanoati» uyushmasi raisi o‘rinbosari Komila Negmatova. - Zamon o‘zgarib, zargarlik buyumlarining nafisligi va jozibadorligiga bo‘lgan talab ortib bormoqda. Bunda malakali mutaxassislarga ehtiyoj bor. Shularni inobatga olib, Toshkent davlat texnika universitetida mutaxassislar tayyorlanadigan yo‘nalish ochildi. Shu bilan birga, Turkiya, Rossiya va Angliya davlatlari bilan tajriba almashilmoqda.

Tadbirda jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

 

D. Mamatova, O‘zA