Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbek yozuvchisining kitobi Moskvada chop etildi
16:59 / 2021-06-18

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir, dramaturg Qo‘chqor Norqobilning «Xochu uvidet tvoy glaza» (Ko‘zlaringni ko‘rmoq istayman) kitobi Moskvada rus tilida chop etildi.

Kitob Anstasiya Ermashova muharrirligida Moskva Butunjahon Yozuvchilar uyushmasi tashabbusi bilan besh ming nusxada chop etilgan.

– Kitob allaqachon Moskva kitob do‘konlari, kitob savdosi bilan shug‘ullanadigan internet saytlarida sotuvga qo‘yilibdi, – deydi yozuvchi Qo‘chqor Norqobil. – Yaqinda nashriyotdan telefon qilib so‘rasam, kitoblar yaxshi sotilayotganini aytib qoldi. Mamnun bo‘ldim. Seni bilmagan, seni tanimagan insonlar kitobingni olib o‘qisa, asarlarimizdan ta’sirlansa, bu yozuvchi uchun baxt. Sening yozgan asaring uning vaqtini band etsa, tag‘inam yozganlaring qaysidir yomon ish qilishdan to‘xtatib qolsa. Buni yozuvchi sifatida so‘z bilan ta’riflab berishim qiyin.

Ma’lumot uchun, Rossiyada Moskva Butunjahon Yozuvchilar uyushmasi tomonidan zamonaviy nasriy asarlar turkumi ostida chop etilayotgan ushbu loyihaga bugungi kunda o‘zining o‘zgacha uslubi, badiiy ijod salohiyatli yuqori bo‘lgan turli mamlakat yozuvchilarining asarlari kiritilib, an’anaviy chop etilishi yo‘lga qo‘yilgan. O‘zbek yozuvchilari orasida Qo‘chqor Norqobil ushbu to‘plamga birinchi bo‘lib kiritildi.

D.Mamatova,  O‘zA