O‘zbek yozuvchisining asari ozarbayjon tilida
O‘zbekiston – Ozarbayjon adabiy aloqalarining tarixi uzun va boy. Keyingi yillarda bu munosabatlar yanada rivojlanmoqda, kengaymoqda.
O‘zbekistonda ozarbayjon adiblarining asarlari, Ozarbayjonda o‘zbek shoir va yozuvchilarining asarlari nashr etilmoqda. Ular nainki gazeta va jurnallarda, kitob holida ham chop etilayotir.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi axborot xizmatiga ko‘ra, Ozarbayjon Yozarlar birligining oylik adabiy-badiiy oynomasi “AZARBAYCAN” jurnalining 2024-yil 3-4-sonlari yurtimizga yetib keldi. Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi va tarjimon, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Mamatqul Hazratqulovning “Ko‘kko‘l” qissasi chop etilgan. Qissani ona tilimizdan ozarbayjon tiliga Shohista Kamranli o‘girgan.
N.Usmonova, O‘zA