Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbek yozuvchisi Qo‘chqor Norqobil "Chingiz Aytmatov" medali bilan taqdirlandi
13:53 / 2023-10-01

Qozog‘istonning Burabay shahrida shu yilning 25 - Z0 sentyabr kunlari XII Yevrosiyo adabiy festivali va Xalqaro kitob forumi bo‘lib o‘tdi. Mazkur adabiy anjumanda dunyoning 30 dan ziyod davlatidan kelgan yozuvchi-shoir, rassom va san’atkorlar ishtirok etishdi. Festival doirasida bo‘lib o‘tgan xalqaro adabiy tanlovda finalga chiqqan 100 nafardan ziyod adib va shoirlar orasida adabiyotning turli janrlari bo‘yicha hay’at va ishtirokchilar hamkorligida g‘oliblar aniqlandi.

Tanlovda taniqli o‘zbek adibi va dramaturgi,  O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti dotsenti Qo‘chqor Norqobil kichik proza yo‘nalishi, hikoyachilik bo‘yicha g‘olib deb topildi va festivalning eng nufuzli mukofoti Xalqaro Issiqko‘l forumining "Chingiz Aytmatov" medali bilan taqdirlandi.  

 

O‘zA