Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbek yozuvchilarining hikoyalari Germaniyada chop etildi
19:20 / 2022-01-13

Germaniyada «Na zemle Zaratushtrы» («Zardusht diyorida») adabiy almanaxi nashr etildi.

   O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmatiga ma’lumot berishicha, Germaniyaning Xexingen shahrida Lada Baumgarten tahriri ostida nashr etilgan bu kitobdan  O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Nikolay Ilin, Risolat Haydarova, Galina Dolgaya va Muhabbat Yo‘ldoshevalarning hikoyalari o‘rin olgan. 

Almanax «Zardusht diyorida» ma’naviy madaniyat assambleyasi doirasida bo‘lib o‘tgan ikkita – «Zardusht diyorida» va «Sharq – nozik masala» nomli xalqaro adabiy tanlov g‘oliblari va hay’at a’zolarining asarlaridan iborat. Kitob tanlovlarining tashkilotchisi – Yevropa Yozuvchilar gildiyasi qo‘llab-quvvatlashi asosida chop etildi.

  Tanlovlarda O‘zbekiston, Belarus, Belgiya, Germaniya, Litva, Isroil va Germaniyada istiqomat qilayotgan yozuvchilar ishtirok etgan. 
Tanlov yoshi va yashash joyidan qat’i nazar, ishtirok etishni istagan har bir yozuvchi uchun o‘z iste’dodini namoyon etishga imkoniyat yaratishga harakat qildi. Asarlarga qo‘yilgan bosh talab Sharq an’analari va ma’naviy dunyosini bor go‘zalligi bilan ochib berishdan iborat edi. 
Almanaxda Risolat Haydarovaning «Daraxt meva tukkanda», Galina Dolgayaning «Chag‘alay qanotlari», Nikolay Ilinning «Chapga burilish», Muhabbat Yo‘ldoshevaning «Tungi mehmon» hikoyalari o‘rin olgan.


N.Usmonova, O‘zA