French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbek yoshlarining yangi loyihalari jahon maydoniga chiqmoqda
11:02 / 2024-10-10

Har yili oktyabr oyining dastlabki 10 kunligida butun dunyoda kosmos mavzusiga bag‘ishlangan yirik tadbirlar tashkil etiladi. Nega deysizmi, chunki 1957 yil 4 oktyabrda Sobiq ittifoq eng birinchilardan bo‘lib o‘zining sun’iy yo‘ldoshini koinotga uchirgan. 1967 yil 10 oktyabrda esa AQSH, Buyuk Britaniya va Sobiq ittifoq o‘rtasida ayni yo‘nalishda maxsus shartnoma imzolangan.

Shundan kelib chiqqan holda 1999 yilda BMT Bosh Assambleyasi “Butunjahon kosmos haftaligi”ni nishonlash to‘g‘risidagi rezolyutsiyani imzolagan. Qariyb 25 yildan buyon mazkur sana va u bilan bog‘liq tadbirlar dunyo mamlakatlarida keng nishonlanadi.

Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar bilan shug‘ullanib kelayotgan “O‘zbekkosmos” agentligi tashabbusi bilan bu yil O‘zbekistonda ham mazkur sana keng miqyosda nishonlanmoqda.  

Haftalik doirasida Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “O‘zbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA space apps challenge 2024” hakaton tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda kosmonavtika va astronomiya kabi yo‘nalishlarga qiziqqan 200 nafarga yaqin yoshlar 40 dan ortiq jamoalarga bo‘lingan holda qatnashdi.  

Ishtirokchilar ma’lumotlarni qayta ishlash, kosmik texnologiyalar va STEM kabi yo‘nalishlarda 30 ta mavzu bo‘yicha o‘zlarining yechim va kreativ loyihalarini ishlab chiqdi. Bu ular uchun “NASA” agentligining eng dolzarb muammolari ustida ishlash orqali o‘z iste’dodini namoyon etish, ijodiy fikrlashni rivojlantirish, noyob g‘oyalarni ishlab chiqish va yangi tashabbuslarni ilgari surishga yordam beradi.

Qayd etish lozim, “NASA space apps challenge” tanlovida har yili dunyoning 160 dan ortiq davlatlaridan 180 mingdan ziyod yoshlar qatnashadi. Mamlakatimiz esa mazkur hakatonda 3 yildan buyon muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda. Xususan, o‘tgan 2023 yilda o‘zbek yoshlaridan tarkib topgan 3 ta guruh jahonning eng yaxshi jamoalari qatoriga kirgan edi.

Hakaton yakunlari bo‘yicha "Phds” jamoasi birinchi,  “Open Sommunity” jamoasi ikkinchi, “AvocadOS” jamoasi esa uchinchi  o‘rinni egallab,  “NASA space apps challenge 2024” ning global bosqichiga yo‘l oldi. Shuningdek, "Galaxy Elite" 8 jamoasiga "Eng yaxshi ta’lim loyihasi",  "Geek Armagedon" jamoasiga "Eng yaxshi MVP"  rag‘batlantiruvchi nominatsiyalari berildi.

Nigora Rahmonova, O‘zA muxbiri