Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbek yoshlari Belarus forumida
15:11 / 2025-10-03

Joriy kunlarda Belarus Respublikasining Minsk shahrida “III MDH va VII yoshlar forumi” bo‘lib o‘tmoqda. Forumda O‘zbekiston yoshlari ham faol ishtirok etmoqda.

Ushbu tadbir MDHga a’zo davlatlar yoshlari o‘rtasida fikr va tajriba almashishni, kelgusida qator yo‘nalishlarda yaqin hamkorlikni ta’minlashni hamda yoshlar rivojlanishi yo‘lidagi muammo va to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqishni maqsad qilgan.

Forumning ikkinchi kunida yoshlar “Raqamli texnologiyalar davrida zamonaviy kutubxonalarni tashkil etish” mavzusida o‘tkazilgan seminarda ishtirok etdilar. Unda raqamli axborot resurslaridan foydalanish, kutubxona xizmatlarini modernizatsiya qilish hamda yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, forum ishtirokchilari Belarus Milliy Texnika Universiteti (BNTU) qoshidagi Politexnika texnoparkiga tashrif buyurdi. U yerda ular umumiy ilmiy-ta’lim makonini rivojlantirish bo‘yicha xorijlik yoshlar bilan ochiq muloqot olib borishdi. Milliy bolalar texnoparkida yoshlarni birlashtiruvchi va ularning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslar ham muhokama qilindi.

Yuqori texnologiyalar parkida o‘tkazilgan maxsus o‘quv kurslarda yoshlarimiz investorlarga biznes g‘oyalarni qanday taqdim etish haqida nazariy va amaliy bilimlar oldilar.

Bunday forumlar yoshlarning tafakkurini kengaytirish, zamonaviy bilim va tajribaga ega bo‘lish hamda dunyo yoshlari bilan muloqot qilish uchun muhim maydon hisoblanadi.

Nigora Rahmonova,

O‘zA