Hamid Xo‘shmurodovich BOZOROV O‘qituvchi Termiz davlat universiteti Termiz, O‘zbekiston hamidbozorov65@gmail.com
Annatatsiya
Ushbu maqola o‘zbek xalq ertaklarida til birliklarining, jumladan, maqollarning qo‘llanilishi va tahliliga bag‘ishlangan bo‘lib, paremiologik birliklarning ahamiyati, pragmatik va sotsiopragmatik xususiyatlari, lisoniy vaziyatda maqollarning qo‘llanishi, shuningdek, so‘zlovchining tinglovchi bilan kommunikativ munosabati, ular o‘rtasida fikr almashish jarayonida yoshi, jinsi, ijtimoiy ahvoli, dunyoqarashi, bilim saviyasi va shu kabi omillarning yuzaga chiqishi, so‘zlovchi tilidan aytilgan gaplarning tub mohiyatini anglashi bugungi kundagi asosiy muammolardan biri ekanligi kabi masalalar yuzasidan fikr yuritilgan.
Tayanch so‘zlar: maqol, o‘zbek xalq ertaklari, прагматика, sotsiopragmatika, leksik-semantik vosita, parema, paremiologiya, antinomiya, analogiya.