Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbek va yapon mutaxassislari oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi
11:23 / 2024-06-20

Joriy yilning 24 iyun kuni Toshkentda O‘zbekiston – Yaponiya qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish forumi hamda Yapon pazandachilik ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Ikki mamlakatning qator tashkilotlari hamkorligida o‘tkaziladigan ushbu forumda tomonlar qishloq xo‘jaligi sohasida ishbilarmonlik va eksport bo‘yicha hamkorlikni yanada kengaytirish imkoniyatlari hamda Yaponiyaning O‘zbekistondagi innovatsion salohiyati va uning ilmiy yutuqlari xususida so‘z yuritadi.

Shuningdek, unda Yaponiya kompaniyalarining ilg‘or tajribasi va «nou-xau»lari hamda yangi istiqbollari taqdim etiladi.

«Yaponiya – O‘zbekiston Ipak yo‘li» fondining xabar qilishicha, Yapon pazandachilik ko‘rgazmasi ham ishtirokchilar e’tiboridagi namoyishga aylanadi. Unda Yaponiya oshxonasi mutaxassislari guruch navlaridan tayyorlangan yapon taomlari, yuqori sifatli baliq mahsulotlari, yapon choyining jahonga mashhur navlari va shirinliklarini taqdim etadi.

N.Ziyodullayeva, O‘zA