Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbek va tojik mahsulotlarining ikki mamlakat bozorlariga kirib kelishiga keng yo‘l ochiladi
12:23 / 2022-04-27

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov Tojikiston Respublikasi sanoat va yangi texnologiyalar vaziri Sh.Kabir bilan uchrashdi.

Uchrashuv chog‘ida investitsiyalar, sanoat, savdo va transport sohalaridagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘tgan yil iyun oyida Tojikiston Respublikasiga tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi muhokama qilindi.  

Tomonlar investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, amaldagi tarif va notarif choralarni izchil bekor qilib borish hamda o‘zbek va tojik mahsulotlarining ikki mamlakat bozorlariga kirib kelishiga ko‘maklashish orqali sanoat kooperatsiyasi loyihalarini amalga oshirish va o‘zaro savdoni rivojlantirish sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha birgalikdagi ishlarni faollashtirishga kelishib oldi.  

Konstruktiv muloqot yuzaga kelayotgan masalalarni belgilab, ularni hal qilish yuzasidan maqbul yechimlarni ishlab chiqish imkonini berdi. Amalga oshirilayotgan loyihalarni, shuningdek, o‘zaro manfaatli iqtisodiy sheriklikni kengaytirishning yangi yo‘nalishlarini ilgari surish bo‘yicha navbatdagi qo‘shma tadbirlar rejalashtirildi.  

O‘zA