O‘zbek va qirg‘iz folklorida doston janri va uning nazariy talqinlari
Mexrinsa Ibraximovna SULAYMANOVA Filologiya fanlari bo‘yicha (PhD) falsafa doktori Andijon davlat pedagogika instituti Andijon, O‘zbekiston sulaymonovamexrinsa@gmail.com
Annotatsiya
Maqolada “doston” terminining o‘zbek folklorida og‘zaki va yozma epik asarlar uchun qo‘llanilishi, qirg‘iz folklorida esa “poema” sifatida ishlatilishi va ularning umumiy va farqli jihatlari ko‘rsatilgan. Dostonlar qahramonlik, ishqiy va axloqiy mavzularni qamrab, an’anaviylik bilan baxshilarning individual ijodini uyg‘unlashtirishi ta’kidlangan. Ilmiy nuqtai nazardan, bu asarlar xalqlarning tarixiy-ijtimoiy hayoti va madaniyatini o‘rganishda muhim manba ekanligi qayd etilgan.
Tayanch so‘zlar: an’anaviylik, doston, janr, individual ijod, poema, folklor.