O‘zbek va belarus olima ayollari o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi
Shu kunlarda Toshkent shahri va Belarus Respublikasining Minsk shahri o‘rtasidagi hamkorlik doirasida Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Shahnoza Sultonova boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Belarus Respublikasida xizmat safari bilan bo‘lib turibdi.
Tashrifning ilk kunida Belarus milliy texnika universitetining olima ayollari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Suhbat chog‘ida ikki davlat olima ayollari o‘rtasida ilmiy-ta’limiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro manfaatli forumlar tashkil etish, ilmiy unvon va malaka oshirish jarayonlarida qo‘shma tashabbuslarni yo‘lga qo‘yish kabi masalalarda ikki tomonning takliflari atroflicha muhokama qilindi.


Shu bilan birga, universitet talabalari bilan ham uchrashuv o‘tkazilib, o‘zaro fikr almashildi. Uchrashuv jarayonida ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik, madaniy yaqinlik, ta’lim sohasidagi aloqalar muhimligi alohida ta’kidlandi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA