Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbek tilini dunyoga mashhur qilamiz! (+video)
07:45 / 2023-10-22

Ma’lumki, Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va o‘zbek adabiyotining nufuzini yanada oshirish, milliy tilimizni keng targ‘ib etish, uni o‘rgatish bo‘yicha maxsus metodikalar ishlab chiqish singari muhim vazifalarni zimmasiga olgan.

Mazkur Oliy ta’lim muassasasi tashkil etilganidan boshlab sinov tariqasida universitet qoshida xorijliklarga o‘zbek tilini o‘rgatish kurslari ish boshlagan. Shu kungacha ushbu til o‘rgatish kurslarida 300 dan ortiq xorijliklar, jumladan, Koreya, Xitoy, AQSH, Braziliya, Hindiston, Yaponiya, Germaniya, Fransiya kabi davlatlar fuqarolari o‘zbek tilini muvaffaqiyatli o‘rganishdi.

Mazkur markaz bilan yaqindan tanishar ekanmiz, ayni damda "Uzbek school" o‘quvchilari Amerikalik Lobar, xitoylik Nodiraxon, Yangi Zelandiyalik Sodiqjon, Janubiy koreyalik Latofatxon suhbatlaridan bahramand bo‘lish nasib qildi.

Batafsil

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/9Z3MKRvC6Qs?si=RcdfLVdJQ2IuVvog" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Mamlakatimizda til siyosatini rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yo‘nalishlari va istiqboldagi vazifalari ijrosi ta’minlash borasida o‘zbek tilshunoslarining ilmiy salohiyati va imkoniyatlari yetarli. Bu xayrli va mas’uliyatli ishda bor kuch-g‘ayratini safarbar etayotgan barcha til uchun mas’ul tashkilotlarning o‘rni beqiyos. Shuningdek, "o‘zbek tili"ning o‘rni, nufuzi va mavqeini oshirishda barchamiz mas’ul ekanimizni, har lahza his qilishimiz burchimizdir. Zero, ulug‘lar ta’kidlaganidek, “Ona Vatanga muhabbat va sadoqat – ona tiliga muhabbat va sadoqatdan boshlanadi”.

M.Turdaliyeva, B.Xalilov, A.Ahmedov (O‘zA)